14:58 (16.12.2022)

2130

Dori vositalarining yon taʼsiri va qarshi koʼrsatmalar haqida

Bu ikki tushuncha orasidagi farqni bilasizmi?

Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar -bu maʼlum bir holatlar yoki kasalliklarda dorini qoʼllash mumkin emasligi haqidagi ogohlantirish.
Oddiy misollar: oshqozon yarasi kuchayganida diklofenak ishlatilmasligi kerak, nitrogliserin - qon bosimi pastligida va penitsillinga allergiya boʼlsa mumkin emas.
Agar ushbu talablar buzilgan boʼlsa, sogʼligingizda jiddiy muammo kuzatilishi mumkin. Shuning uchun shifokor tavsiya qilgan dorilarni ichish kerak, chunki mutaxassis dori vositalarini buyurishdan oldin barcha qarshi koʼrsatmalarni oʼrganib chiqadi.

Preparatning yon taʼsiri yoki salbiy reaktsiyasi-bu preparatni oddiy dozalarda qoʼllashda yuzaga keladigan inson tanasi uchun kutilmagan va zararli reaktsiya. Dori vositasining qoʼllanmasida barcha mumkin boʼlgan yon taʼsirlar batafsil tavsiflanadi.
Yon taʼsiri davolanish paytida, baʼzan undan keyin ham rivojlanishi mumkin.

JSST ekspertlari salbiy reaktsiyalarning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni koʼrsatadi:

- mutaxassislarning koʼrsatmalariga rioya qilmaslik;
- oʼz-oʼzini davolash;
- ortiqcha dozalar va qabul qilish muddatining uzoqligi;
- boshqa dorilar va oziq-ovqat bilan oʼzaro taʼsiri.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech