08:47 (11.05.2023)

1851

Dori vositalarining yon taʼsiri va qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar

Koʼpchilik bu tushunchalar orasidagi farq yoʼq, deb oʼylashadi. Аslida unday emas.

Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar — bu muayyan dori vositasidan foydalanish mumkin boʼlmagan holatlar yoki kasalliklar.
Oddiy misollar: diklofenak oshqozon yarasi kuchayganida qoʼllanilmasligi kerak, nitroglitserin — past bosimda va penitsillinga allergiya boʼlsa, nafaqat uning oʼzi, balki boshqa antibiotik preparatlarini ham qoʼllash mumkin emas.
Аgar ushbu talablar buzilgan boʼlsa, muammolar boʼlishi aniq, shuning uchun shifokor dori-darmonlarni buyurishdan oldin qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlarni istisno qiladi.

Nojoʼya taʼsir yoki preparatning nojoʼya reaktsiyasi — bu preparatni oddiy dozalarda qoʼllashda yuzaga keladigan, inson organizmi uchun kutilmagan va zararli reaktsiya. Yuzaga kelishi mumkin boʼlgan yon taʼsirlar dori vositalari qoʼllanmalarida batafsil keltiriladi.
Yon taʼsirlar davolanish paytida, baʼzan undan keyin ham rivojlanishi mumkin. Ular bemorni qoʼrqitmasligi, ammo holatdagi oʼzgarishlar preparatni qabul qilish bilan bogʼliq boʼlishi mumkinligi uchun ham qoʼllanmalarda koʼrsatma sifatida keltirilgan.

JSST ekspertlari salbiy reaktsiyalarning asosiy sabablarini keltiradi:

- mutaxassislarning koʼrsatmalariga rioya qilmaslik;
- retsept boʼyicha dorilar bilan oʼz-oʼzini davolash;
- ortiqcha dozalar va qabul qilish muddati;
- boshqa dorilar va oziq-ovqat bilan oʼzaro taʼsiri.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech