09:26 (17.07.2023)

1860

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʼyxatiga kiritilgan dorilar berilishi tartibi

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʼyxatiga kiritilgan dorilar uchun yozilgan retseptlar dorixonalarda bir yil davomida saqlanadi.

Bemorga retseptli dorilarni retseptni rasmiylashtirmasdan tayinlash taqiqlanadi.

Dorilar va tibbiy buyumlarning savdo jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va 1 oy davomida video-yozuvlarni saqlash mazkur faoliyat uchun litsenziya talabi hisoblanadi.

Mazkur talabning muntazam bir yil davomida bir martadan koʼp buzilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʼladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʼyxatiga kiritilgan alohida dori vositalari buyum-miqdor jihatdan hisobga olinishi lozim va ularning chakana realizatsiyasi (berilishi) faqat ijtimoiy dorixonalar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizatsiya qilish (berish) faoliyatiga litsenziyasi mavjud boʼlgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech