13:12 (25.04.2023)
2382
PSK Pharma mukovistsidozni davolashda qoʼllaniladigan tobramitsin antibiotigi uchun YeАESdan roʼyxatga olish guvohnomasini oldi. Ishlab chiqaruvchi uchun bu yigirmanchi roʼyxatga olish sertifikatidir.
Tobramitsin — aminoglikozidlar guruhining antibiotiki boʼlib, birinchi marta Rossiya farmatsevtika kompaniyasi tomonidan 2020 yilda ishlab chiqarilgan. 6 yosh va undan katta yoshdagi mukovistsidoz kasalligi bilan ogʼrigan bemorlarda Pseudomonas aeruginosa keltirib chiqaradigan surunkali oʼpka infektsiyasini uzoq muddatli davolashda qoʼllaniladi. 2022 yil oxirigacha kompaniya Rossiya sogʼliqni saqlash segmentini 125 million rubldan ortiq ingalyatsion eritma bilan taʼminladi.
Mukovistsidoz (yoki kistli fibroz) — irsiy kasallik boʼlib bu tashqi sekretsiya bezlarining shikastlanishiga, shuningdek, nafas olish tizimining ogʼir buzilishiga olib keladi. Natijada, mukovistsidozga chalingan bemorlarda oʼlimning asosiy sababi bo`lgan nafas etishmovchiligi kelib chiqadi.
2022 yilda Rossiyada mukovistsidoz bilan kasallangan 4,2 ming bemor boʼlgan, ulardan 3 ming nafari bolalar edi.
«Bu raqamlar butun dunyodagi farmatsevtika kompaniyalarini bunday bemorlarda kasallikning kechishini yengillashtiradigan, normal hayot kechirishiga imkon beradigan dori vositalarini yaratish ustida ishlashga undaydi», dedi PSK Pharma bosh direktori Evgeniya Shapiro. – Korxonada ham shu yoʼnalishda ishlayapmiz. Xususan, 2021 yildan boshlab Rossiya fuqarolari uchun ikkita antibiotik — tobramitsin va natriy kolistimetat ishlab chiqarmoqdamiz. Preparatlar bilan muolaja faqat mukovistsidozni davolashda tajribaga ega boʼlgan shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.