17:24 (18.07.2023)

1970

Qohira janubidagi qishloq aholisida noma'lum kasallik alomatlari aniqlandi

Misr sog'liqni saqlash vazirligi Qohira janubida joylashgan Kena viloyatiga qarashli El-Alikat qishlog'ining bir guruh aholisida noma'lum kasallik belgilari aniqlanganini ma'lum qildi.

Bemorlar isitma ko'tarilishi, qusish, suyaklar og'rig'i va bosh aylanishidan shikoyat qilmoqda.

Shikoyatlarni o'rganish uchun profilaktika va tibbiy yordam ko'rsatish guruhlari yuborildi, bemorlardan testlar olindi”, deyiladi mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi xabarida.

Hech bir holatda bemorlarni kasalxonaga yotqizishga zarurat tug'ilmadi. Rasmiylar aholi punktiga mutaxassislar bilan birga 50 ga yaqin avtomashina jo'natdi, ichimlik suvidan ham namunalar olindi.

200 nafardan 1000 nafargacha mahalliy aholi vakillari noma'lum kasallikning alomatlaridan shikoyat qilishdi, deb xabar beradi lenta.ru.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech