10:26 (20.04.2023)
2149
Oʼzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Аstranomiya institutidan olgan maʼlumotlarga koʼra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir boʼlgan (tugʼilgan).
Oʼzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023 yil 21 aprel juma kuniga toʼgʼri kelishi haqida qaror qabul qildi.