09:00 (12.04.2023)

2418

“SNS Ratings” reyting agentligi “DORI-DARMON” АKga milliy shkala boʼyicha (uz) “AА” darajada "Barqaror" prognozi bilan qimmatli qogʼozlar emitenti korxonasining reytingini berdi

“SNS Ratings” reyting agentligi “DORI-DARMON” АKga qimmatli qogʼozlar emitenti korxonasining milliy shkala boʼyicha reytingini quyidagi darajada belgilaydi:

Reyting bahosi: (uz) “AА”

Prognoz: Barqaror

Belgilangan reyting kreditga layoqatlilik va ishonchlilikning ENG YuQORI darajasini koʼrsatadi, bu darajadan past reytingga ega boʼlgan tashkilotlarga nisbatan kredit xavfining eng past darajasini aks ettiradi. Ushbu reyting kreditorlar, depozitorlar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini oʼz vaqtida va toʼliq bajarish uchun “eng yuqori” qobiliyatga ega boʼlgan muassasalarga beriladi.

2022 yil yakunlariga koʼra kompaniya aktivlari 335,3 mlrd.soʼmni, 2023 yil 1 yanvarь holatiga tovar qoldigʼi 39,3 mlrd. soʼmni tashkil etdi.

Likvidlik koʼrsatkichlari yuqori darajani koʼrsatdi. Shunday qilib, kompaniyaning mutlaq likvidlik koeffitsienti 104,45% ga oʼsdi, muddatli likvidlik koeffitsienti ham mustahkamlandi va 8,65% ni tashkil etdi, joriy likvidlik koeffitsienti esa 250,46% ni tashkil etdi, bu tavsiya etilgan normadan (60%) ancha yuqori.

Kompaniyaning xususiy kapitali 161,3 mlrd.soʼmni tashkil etdi. Shu bilan birga, savdo daromadi 218,7 mlrd.soʼmni tashkil etdi.

Kompaniya koʼrib chiqilayotgan davrni 8,0 mlrd.soʼm sof foyda bilan yakunladi va aktivlarning rentabelligi va kompaniyaning oʼz kapitalining rentabelligi bilan mos ravishda 2,40% va 4,99%.

Kompaniyaning joriy koʼrsatkichlari investitsion jozibadorlikni, mahalliy fond bozorida “DORI-DARMON” АK aktsiyalari fri-flotining oʼsishini, Oʼzbekiston bozoriga toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida kompaniyaning xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatini taʼminlaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech