12:39 (31.01.2023)

1853

Siklon va salomatlik

Siklon - bu, atmosfera bosimining pasayishi, odatda haroratning biroz koʼtarilishi, nisbiy namlik ortishi va yogʼingarchiliklar bilan kirib keluvchi atmosfera jarayoni.

Siklon taʼsiriga eng sezgir kishilar bular qon bosimi, nafas olish tizimining buzilishi, buyrak va yurak-qon tomir kasalliklari bilan ogʼrigan bemorlardir. Siklon yuqoridagi kasalliklarga ega bemor inson tanasiga salbiy taʼsirning asosiy koʼrinishlari: nafas olish qiyinlashishi, nafas qisilishi, havoning yetishmasligi va umumiy zaiflik. Bular tabiiy muhitda siklon paytida nam havo hisobiga kislorod miqdorining biroz pasayishi, yetishmasligi tufayli yuzaga keladi.

Koʼpincha, siklon paytida odamning intakranial bosimi koʼtariladi, natijada, ogʼir migrenь(nerv-asab kasallik) boshlanadi. Bundan tashqari, atmosfera bosimi keskin pasayganda sogʼlom kishilarda ham baʼzan oshqazon va ichakning notoʼgʼri ishlashi kuzatilgan.

Siklon paytida qon bosimini doimiy kuzatib turish kerak. Bu paytda sizga koʼp miqdorda suv ichish, yengil dush, tinch va koʼproq uyqu, shuningdek, ertalab kofe ichishga urgʼu berish tavsiya etiladi.

Аtmosfera bosimi past boʼlgan davrlarda umumiy salomatlikka eʼtibor berish uchun limon oʼtlari yoki ginseng (jenshenь) damlamasini ichish mumkin.

Siklon Oʼzbekistonda koʼp muddat kuzatilmaydi. Davomiyligi nisbatan kam boʼladi. Lekin, juda kam hollarda ayrim masshtabi katta siklon oqimida davomiylik bir sutkaga boradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech