14:59 (13.04.2023)

1846

"Sogʼliqni saqlash – TIHE” koʼrgazmasi oʼz ishini boshladi

Mazkur koʼrgazma ilk bora 1995 yilda tashkil etilgan edi, shundan buyon unda 3000 ga yaqin kompaniyalar qatnashdi. Ishtirokchilar geografiyasi deyarli barcha qitʼalarni, jumladan Yevropa, Osiyo, Аmerika va Аfrikani qamrab oldi.

Koʼrgazma har yili turli ixtisoslikdagi shifokorlar, farmatsevtlar, dori vositalari va farmatsevtika asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi. Tadbir ishtirokchilari sogʼliqni saqlash sohasidagi soʼnggi yangiliklar va ishlanmalar bilan yaqindan tanishishlari mumkin boʼladi.

Kompaniyamiz vakillari ham koʼrgazmaga tashrif buyurib, taklif etilayotgan dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan yaqindan tanishdilar.

Koʼrgazmadagi asosiy boʼlimlar:
· Tibbiyot texnikasi va uskunalari, tibbiyot buyumlari;
· Farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun uskunalar va texnalogiyalar;
· Tayyor dorivor mahsulotlar;
· Laboratoriya;
· Stomatologiya.

Koʼrgazma 15 aprelga qadar davom etadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech