11:39 (09.01.2023)

2412

Sovuq urganda birinchi yordam

 Gidrometeorologiya xizmati maʼlumotlariga koʼra, bugundan mamlakatimizga Volgaboʼyi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

Natijada 10-15 yanvar sanalarida yurtimizda anomal sovuq kuzatilishi, havo harorati kechalari -12-17 daraja, shimolda tunda -17-22 daraja, Ustyurt va choʼl hududlarining baʼzi joylarida esa -25-27 daraja sovuq boʼlishi kutilyapti. Mana shunday ob-havoda sovuq urganda birinchi yordamni bilib qoʼyish foydadan holi boʼlmaydi: 

- Birinchi navbatda sovuq joydan issiq joyga oʼtish kerak. Tananing sovuqdan taʼsirlangan joylarini ishqalash va isitish foydasiz va xavfli;

- taʼsirlangan yuzaga issiqlikni saqlaydigan bogʼlam qoʼying. Masalan, quyidagi usulda bogʼlam tayyorlash mumkin: doka qatlami, qalin paxta qatlami, yana doka qatlami va ustiga kleyonka qoʼyib uni ustidan jun mato bilan oʼrang;

- vannada isitish. Suvning haroratini 20 darajadan 40 darajagacha koʼtarib, oyoq-qoʼllarni 40 daqiqa davomida yumshoq massaj qilish orqali isitish mumkin;

- issiq choy iching;

- kun davomida sovuq urgan joyning umumiy holatini kuzatib boring. Аgar ahvol yomonlashsa, darhol shifokorga murojaat qiling.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech