14:41 (28.03.2023)
2582
Fuqaro murojaatlari endi hududiy sogʼliqni saqlash boshqarma boshliqlarining shaxsiy telefon raqami orqali ham qabul qilinadi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bundan avval sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatovning +998914031773 shaxsiy telefon raqami orqali sohadagi muammolar yuzasidan aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.
Ushbu anʼanani davom ettirgan holda hududiy sogʼliqni saqlash sohasi masʼullari ham oʼz shaxsiy raqamlarini jamoatchilikka ochiqladi:
Murad Qurbanov — Qoraqalpogʼiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vaziri: +998994141003
Аnvar Аlimov — Toshkent shahar sogʼliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʼi: +998888090859
Аzizbek Mirzajonov — Аndijon viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998944431211
Аsqar Bahronov — Buxoro viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998914060013
Ozoda Mahmudova — Jizzax viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998941651122
Bobur Teshaev — Qashqadaryo viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998991867072
Nurali Safoev — Navoiy viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari: +998935571103
Аbdulhodi Iminov — Namangan viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998913594716
Davronbek Jumaniyozov — Samarqand viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998915356665 (telegram), +998662349948
Komil Аbdivohitov — Surxondaryo viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998955011103
Xurshid Hakimov — Sirdaryo viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998959809797
Toʼraqul Аrziqulov — Toshkent viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998998487400
Аbduqayum Toʼxtaqulov — Fargʼona viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998937316611
Inoyat Hajiev — Xorazm viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi boshligʼi: +998998952632.
«Hurmatli fuqarolar! Ushbu telefon raqamlari orqali oʼz hududingizda tibbiyotga oid muammo, masalalar va takliflar boʼyicha soha masʼullariga toʼgʼridan toʼgʼri murojaat yoʼllashingiz mumkin. Masʼullar ushbu raqamlarning doimiy ishlab turishi uchun shaxsan javobgardir!
Bundan tashqari, fuqarolar oʼz murojaatlarini vazirlik qoshida kunu tun faoliyat olib boruvchi «1003» qisqa raqamli Call-markaz, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʼliqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi «1103» qisqa raqamli Call-markazlar orqali ham yoʼllashlari mumkin», deyiladi vazirlik xabarida.