17:33 (04.01.2023)

2492

SSV: “Quramax Medical” tomonidan yurtimizga olib kirilgan barcha dori vositalari sotuvi toʼxtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sogʼliqni saqlash vaziri А.Inoyatov yurtimizda “Quramax” dori vositalari sotilishini toʼxtatish boʼyicha topshiriq bergani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan oʼtkazilgan “Dok-1 Maks” hamda “Аmbronol” dori vositalarining chuqurlashtirilgan sifat nazorat natijalariga koʼra, ushbu preparatlar normativ hujjatda koʼrsatilgan tarkibga nomuvofiqligi aniqlangan.

Xususan, ularning ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi oʼrniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi maʼlum boʼldi.

Shuni inobatga olgan holda aholi salomatligini muhofaza qilish va qolgan dorilarni ham qoʼshimcha tekshiruvdan oʼtkazish maqsadida ehtiyot chorasi sifatida “Quramax Medical” MChJ tomonidan 2022 yil yurtimiz hududiga olib kirilgan barcha preparatlar sotuvi toʼxtatildi.

Аyni paytda birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari xodimlari oʼziga biriktirilgan barcha xonadonlarda faol patronaj ishlarini olib bormoqda.

Bunda, uyma-uy yurgan holda “Xonadon dori qutisi”ni shaxsan nazoratdan oʼtkazish, muddati oʼtgan preparatlar, saqlash qoidalari buzilgan hamda “Quramax Medical” kompaniyasining barcha dori vositalarini qabul qilmaslik va isteʼmoldan chiqarish yuzasidan zarur choralar koʼrilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech