11:34 (19.04.2023)

2372

Suv xoʼjaligi va farmatsevtika sanoatidagi loyihalar koʼrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 18 aprelь kuni suv xoʼjaligida va farmatsevtika sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʼilish oʼtkazdi.

Yigʼilishda farmatsevtika tarmogʼida soʼnggi olti yilda jami 527 million dollarlik 177 ta loyiha ishga tushirilganligi qayd etildi. Xorijiy investitsiyalar 9 barobarga ortib, 35 ta korxona xalqaro GMP standartini joriy etgan. Natijada ishlab chiqarish 3 barobarga, eksport 5 barobarga oshgan.

Lekin mahsulotlar bozorini topish, sifat va raqobat borasida masalalar koʼpligi sababli oʼtgan yili ishlab chiqarish hajmi biroz kamaygan. Import esa oshgan.

Shu bois yigʼilishda farmatsevtika sohasida qoʼshimcha loyihalar ishlab chiqish hamda korxonalarni qoʼllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, tarmoqda umumiy qiymati 725 million dollarlik 207 ta loyihani amalga oshirish, shundan 68 tasini bu yil ishga tushirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlarga kredit yukini yengillashtirish zarurligini taʼkidladi. Shuning uchun Аsaka bank loyihalarning 25 foizgacha qismiga oʼz ulushi bilan kirib, investor sifatida ishtirok etishi belgilandi. Mahalliylashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish va aylanma mablagʼ bilan taʼminlashga 300 million dollar uzoq muddatli kredit resurslari jalb qilinadi. Bank huzurida farmatsevtika loyihalari markazi ochilib, tadbirkorlarga yordam koʼrsatadi.

Kam quvvatda ishlayotgan korxonalarni qoʼllab-quvvatlash hisobiga, 400 turdagi yangi mahsulotlarni oʼzlashtirish va 670 million dollarlik import oʼrnini qoplash mumkinligi aytildi. Buning uchun korxonalarga 18 oygacha muddatda 1 million dollargacha “revolver” kredit, eksportchilarga tushum sugʼurtasini garovga olgan holda 2 million dollargacha kredit beriladi.

Onkologiya va onkogematologiya uchun zarur boʼlgan dori vositalari va moddalarni xorij texnologiyasi asosida yurtimizda ishlab chiqarish imkoniyati koʼrsatib oʼtildi. Sohadagi koʼplab korxonalarni GMP sertifikati talablariga moslashtirish vazifasi qoʼyildi.

Toshkent farmatsevtika klasteridagi loyihalarni jadallashtirish boʼyicha topshiriqlar berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech