10:59 (28.03.2023)

2840

Tibbiyot xodimining faoliyatiga toʼsqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoev bu haqdagi tegishli qonunni imzoladi.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks yangi 197-7-modda bilan toʼldirilib, unda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʼsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʼtkazish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

Mazkur qilmish uchun fuqarolarga – 1,5 mln soʼmdan 2,1 mln soʼmgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa 2,1 mln soʼmdan 3 mln soʼmgacha (7 baravardan 10 baravargacha) jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq tarzidagi jazo belgilandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech