14:13 (12.10.2022)

2094

Toshkent Yevroosiyo farmatsevtika sammitiga ikkinchi bor mezbonlik qilmoqda

Poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasining anjumanlar zalida "Global Pharmaceutical Leaders Club" tomonidan Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan II Yevroosiyo farmatsevtika sammiti sammiti boʼlib oʼtmoqda.

Sammit dasturidan xalqaro miqyosdagi ekspertlar hamda yirik kompaniya va tartibga soluvchi organlarning vakillari bilan davra suhbatlari, muhokamalar, shuningdek, distribyutor va dorixona tarmoqlari mutaxassislari bilan yakkama-yakka uchrashuvlar joy olgan.

Sammitda Yevroosiyo mintaqasining 13 ta davlati - Rossiya, Qozogʼiston, Ukraina, Oʼzbekiston, Belarus, Ozarbayjon, Qirgʼiziston, Gruziya, Аrmaniston, Tojikiston, Turkmaniston, Moldova va Mugʼuliston davlatlaridagi farmatsevtika bozorlarining rivojlanish tendentsiyalari, strategik rivojlanish, dori vositalarini roʼyxatga olish siyosatini ishlab chiqish, narx va markirovkalash, davlat xaridlarining oʼziga xos xususiyatlari, tijorat sigmentida ulgurji va chakana savdodagi oʼzgarishlar va boshqa masalalarni muhokama qilmoqda. 

Sammit davomida tartibga solish, starategiya, sotish, marketing va ishlab chiqarish mavzulari boʼyicha 20 dan ortiq sessiyalar boʼlib oʼtadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech