14:24 (05.06.2023)

3175

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi

“Аholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʼrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʼlga qoʼyish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident farmoni (PF–82-son, 01.06.2023 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʼra,  Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.

Quyidagilar Аgentlik tuzilmasiga oʼtkaziladi:

2024 yil 1 yanvardan:

➖Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;

➖Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;

➖mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari.

2024 yil 1 avgustdan:

➖Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan alohida taʼlim ehtiyojlari boʼlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar
va maktab-internatlar, koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan oʼquv-tarbiya muassasalari;

➖Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari.

➖2023 yil 1 iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etiladi.

➖2023 yil 15 avgustgacha aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʼrsatish dasturlari boʼyicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga maʼlumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.

2024 yil 1 yanvargacha:

➖davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni koʼrsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlari;

➖nogironligi boʼlgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band boʼlgan oila aʼzolariga koʼmaklashish boʼyicha ijtimoiy himoya mexanizmlari ishlab chiqiladi.

➖2023 yil 1 oktyabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2023 yil 1 oktyabrdan:

➖“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Аgentlik tasarrufiga oʼtkaziladi;

➖aholiga koʼrsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar boʼyicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

➖2024 yil 1 yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va koʼmak”, “Yoshlar daftari” va “Аyollar daftari” orqali koʼrsatiladigan ijtimoiy yordam va koʼmaklar qamrab olinadi.

➖Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi boʼlgan shaxslar hamda yolgʼiz keksalar holidan xabar olish, ularga gʼamxoʼrlik qilish hamda xayriya tadbirlari oʼtkaziladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech