Yangiliklar

not found

Davlat hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxati kengaytirildi

Farmon bilan (PF-159, 13.09.2023-y.) Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Shunga koʻra, davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatiga quyidagilar kiritildi: Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila aʼzolari (ota-onasi, halok boʻlgan vaqtda qonuniy nikohda boʻlgan xotini (eri) va farzandlari). Shuningdek, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan koʻshimchaga koʻra: Harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlganda, uning oila aʼzolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi boʻyicha maoshi (oliy harbiy-taʼlim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi. Mazkur nafaqa 2023-yil 1-apreldan keyingi davrda halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga toʻlanadi.

  • 15 Sentyabr, 09:00
  • Batafsil
not found

Korrupsiya – rivojlanishimizga toʻsiq

Korrupsiya iqtisodiyotning xavf-xatari manbai boʻlib, ayniqsa mamlakatda pul oqimini izdan chiqaradi. Maʼlumki, iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlik davlat byudjetining defitsitsiz boʻlishini taqozo etadi. Korrupsiya yoʻli bilan topilgan daromad ochiq ishlatilmaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son qarorlari ijrosini taʼminlash borasida “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining “Komplayens-nazorati” xizmati tomonidan doimiy ravishda huquqbuzarliklarning oldini olish, sohaga doir qonun hujjatlarini tizimli ravishda targʻibot qilish va xuquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning 12-sentyabr kuni “Dori-Darmon” AKda “Korrupsiya – rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida”gi taqdimnomaci muhokama qilindi. “Komplayens-nazorati” xizmati boshligʻi J.Qayumov tomonidan taqdimnoma yuzasidan toʻxtalib oʻtildi mazmuni barcha xodimlarga yetkazildi. Taqdimnomaga koʻra, “Sirdaryo Dori-Darmon” MCHJ sobiq mansabdor va masʼul xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, jinoyat ishi sudga yuborilgan. Shuningdek, tadbirda  Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

  • 14 Sentyabr, 15:39
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech