Yangiliklar

not found

Kompaniya kasaba uyushmasining hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2019-2023-yillarda  amalga oshirgan ishlari hisobotiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.  Yigʻilishda Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar boʻlinmasi (kengashi)dan vakillar, shuningdek  kompaniya Boshqaruv Raisining oʻrinbosari, direktorlar va  barcha boʻlim boshliqlari ishtirok etishdi.  “Dori-Darmon” AK kasaba uyushmasi tarkibiga ( 22-sentyabr holatiga)  410 nafar xodim kiradi, ulardan 42 tasi “Dori-Darmon Garant”, “Dori-Darmon Invest” va “ Dori-Darmon HCP” MCHJ ishchilaridir. Kompaniyaning kasaba uyushmasi tamonidan 2019-2023-yillar davomida turli xil ommaviy madaniy tadbirlar tashkil etilgan, shuningdek teatr, konsert,  yangi yil bayramlariga, “Ashxobod sayilgohi” va “Anhor” istirohat bogʻlariga xodimlar va ularning farzandlari uchun madaniy dam olishlariga chiptalar olingan. Ichki turizmni rivojlantirish bu mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bugina emas, balki fuqarolarimizga ajoyib sayohat zavqini tuyishdek imkoniyatni ham hadya qiladi. Aslida ham,  oʻz yurtingning betakror va soʻlim goʻshalariga sayohat qilish, asrlarga tengdosh boʻlgan tarixiy obidalarini ziyorat qilish, goʻzal tabiatning bebaho inʼomlaridan bahramand boʻlish inson maʼnaviyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan omillardan sanaladi. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 98 nafar xodimlar uchun “Xumson” sanatoriysiga, 50 nafar xodimlar dam olishlari uchun  “Ugam-Kristall” dam olish maskaniga 1 kunlik  sayohat hamda ichki turizmni rivojlantirish dasturi boʻyicha Samarqand va Xiva shaharlariga turlar tashkil etilgan. 2019 va 2021-yilda kompaniyada faoliyat olib boruvchi xodimlarning jami 31 nafar  farzandlari  yozda  “Happy summer” va “West camp” oromgohlariga dam olish uchun yuborilgan. 2019-2021-yillarda hamda 2023-yilning oʻtgan 8 oyi davomida xodimlarga 164, 4 million soʻmlik moddiy yordam ajratilgan. Yigʻilish davomida kasaba uyushmasining yangi tarkibi saylandi. Durdona Saliyeva kasaba uyushmasi raisi,  Saulat Toreshov kasaba uyushmasi kotibi, Guzal Ziyamuhamedova, Gulnoza Hakimova,  Guzal Xudayberganova,  Behzod  Samatov va Dilarom Gʻiyasova kasaba uyushmasi aʼzolari etib tayinlandi.

  • 26 Sentyabr, 17:50
  • Batafsil
not found

Samarqandda IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti boʻlib oʻtmoqda

Global Pharmaceutical Leadersʻ Club tomonidan Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan IV Yevroosiyo farmatsevtika sammiti oʻz ishini boshladi. Bu Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlari farmatsevtika bozorlarining rivojlanish tendensiyalarini har tomonlama qamrab olgan yagona konferensiyadir. Oflayn sammitda 10 mamlakatdan farmatsevtika bozorining 250 dan ortiq yetakchi mutaxassislar va tartibga soluvchilar, farmatsevtika ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, distribyutorlar va dorixonalar tarmogʻidan 100 dan ortiq maʼruzachilar ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, tadbirda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori boshchiligida barcha tizim tashkilotlari rahbarlari va masʼullari ishtirok etishmoqda. Sammit dasturi 20 dan ortiq sessiyalarni oʻz ichiga oladi, unda tartibga solish siyosati, davlat xaridlari, yorliqlash, narxlash, sotish, marketing va dori vositalarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilinadi. Nazorat qiluvchi organlar ishtirokida davra suhbatlari va yetakchi farmatsevtika kompaniyalari top-menejerlari bilan birga-bir uchrashuvlar oʻtkaziladi. Bugungi kun tartibidan xalqaro miqyosdagi ekspertlar hamda yirik kompaniya va tartibga soluvchi organlarning vakillari bilan davra suhbatlari, muhokamalar, shuningdek, distribyutor va dorixona tarmoqlari mutaxassislari bilan yakkama-yakka uchrashuvlar joy olgan. Sammit doirasida Samarqand shahridagi dori vositalari tarqatish markazlari va dori ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashriflar tashkil etiladi. Shuningdek, “Eurasian Pharma Awards“” tanlovi ham oʻtkaziladi. 

  • 26 Sentyabr, 15:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech