Yangiliklar

not found

2025-yil 1-maydan boshlab “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi

Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Loyihada aholi, ayniqsa yosh avlod vakillari tomonidan sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 2025-yil 1-maydan boshlab “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Dastur doirasida: a) barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida: - qo‘l yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash; - sanitariya-gigiyena xonalarining texnik holatini yaxshilash, yangi qurilayotgan muassasalarda ularni binoning ichki qismida joylashtirish; - yil davomida birinchi navbatda qo‘l yuvish va antiseptik vositalarni xarid qilishni nazarda tutish; b) barcha turdagi jamoat sanitariya-gigiyena xonalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash majburiyati kiritiladi. 2025-yil davomida byudjet tashkilotlarida mazkur banddagi tadbirlar uchun zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan muassasalarda sanitariya-gigiyena holatini saqlash uchun vositalar ajratish bo‘yicha normativlarni qayta ko‘rib chiqish va ularning amalda bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshiriladi. Bir qator vazirliklar hamkorligida 2025-yil 1-avgustga qadar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro ekspertlarini jalb etgan holda respublikaning barcha ijtimoiy soha muassasalarida “2025–2028-yillarda O‘zbekistonda sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash” dasturini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlashga kiritish vazifasi yuklatilmoqda.

  • 10 Yanvar, 15:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech