Yangiliklar

not found

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-971-son, 05.10.2024 y.) bilan ayrim kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internetdan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Shuningdek giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo‘natganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanishi belgilandi: ♦ BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima; ♦ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari; ♦ 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari; ♦ 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash; ♦ 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

  • 7 Oktyabr, 15:30
  • Batafsil
not found

Reimbursatsiya dasturi asosida berilgan dorilarning qiymati byudjetdan qoplab beriladi

Hukumat Qarori (619-son, 02.10.2024 y.) bilan Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi Nizom bilan bemorlarni ambulator sharoitda davolanishi uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalari qiymatini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplash (reimbursatsiya) tartibi belgilandi. Reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlash Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma qilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tomonidan amalga oshiriladi. Elektron retsept tibbiy axborot tizimida shifokor tomonidan bemor uchun rasmiylashtiriladi. Elektron retseptda har bir tashxis bo‘yicha uchtagacha dori vositasi ko‘rsatilishi mumkin. Elektron retseptning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab 7 kalendar kunni tashkil qiladi. Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangandan so‘ng axborot dasturi orqali Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi. Reimbursatsiya dasturi doirasida ishtirok etuvchi dorixonalarning berilgan dori vositalari bo‘yicha sarf-xarajatlar mazkur dorilarning narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida Jamg‘arma tomonidan to‘lab beriladi.

  • 7 Oktyabr, 09:05
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech