Yangiliklar

not found

“Dori-Darmon - korrupsiyadan xoli tizim” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi

“Dori-Darmon aksiyadorlik kompaniyasi ”Komplayens-nazorat xizmati tomonidan “Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJ xodimlari ishtirokida profilaktik yig‘ilish tashkil etildi. ”Komplayens-nazorat xizmati boshlig‘i J.Qayumov tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya va unga imkon berayotgan omillarni vaqtida aniqlash va unga o‘z vaqtida chek qo‘yish dolzarb vazifa ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda eng avvalo har bir xodimda halollik immunitetini oshirish lozimligi ta’kidlandi. “Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJda xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarining ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan katta islohotlarga qaramay, ayrim nopok xodimlar tomonidan ta’magirlik, mansab vakolati doirasidan chetga chiqishlik kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani, bunday holatlar esa tizimning obro‘siga jiddiy putur yetkazishi qayd etildi. Ma’lumot berilishicha, tizimdagi dorixonada ishlagan ayrim xodimlar tomonidan kamomad qilinishi natijasida zararlar yetkazilgan. Ushbu zararlar o‘rnatilgan tartibda undirib kelinmoqda. Yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar bo‘yicha jamiyat bosh hisobchisi va boshqa xodimlar o‘z fikrlarini bildirishdi. “Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJ xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda bu kabi holatlarni oldini olishda barcha xodimlar birdek ma’sul ekanligi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida “Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJ direktori A.Tojiyev so‘zga chiqib, “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi buyruqlari bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat hujjatlarni ish faoliyatida qo‘llash, savdo aylanmasini oshirish va jamiyatning daromadini oshirish choralarini ko‘rish haqida to‘xtalib o‘tildi.

  • 9 Sentyabr, 15:19
  • Batafsil
not found

Olimlar telefonlardan foydalanish miya saratoniga olib kelmasligini isbotladi

Avstraliyaning Radiatsiyadan himoya qilish va Yadro xavfsizligi boshqarmasi mobil telefonlardan foydalanish miya saratoniga olib kelmasligini isbotladi. Bu haqda Reuters хабар bermoqda. Tegishli tadqiqot Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti topshirig‘i asosida o‘tkazilgan. Mutaxassislar 1994-yildan 2022-yilgacha dunyoning o‘nta davlatidan to‘plangan, mobil telefondan foydalanish va miya saratoni xavfi o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Agentlikning qayd etishicha, mobil aloqa paydo bo‘lgan paytda ko‘plab mutaxassislar uyali telefonlarni boshga yaqin joyda tez-tez ishlatish miya saratoniga olib kelishi mumkinligidan qo‘rqishgan. Shu sababli, mobil telefon ishlab chiqaruvchilari har bir telefon modelining aniq radio emissiya darajasini o‘lchab, e’lon qilishdi. Biroq avstraliyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda mobil telefondan foydalanish va miya saratoni o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik aniqlanmadi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, miya saratoni bilan kasallanishning umumiy darajasi tadqiqot va ma’lumotlar yig‘ish davomida barqaror bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan hech qanday tebranishlarni ko‘rsatmadi, chunki iste’molchilar mobil telefonlardan tobora ko‘proq foydalanmoqda. Shunday qilib, 1993-yildan 2022-yilgacha qayd etilgan miya shishi holatlarining ko‘payishi diagnostika usullarining rivojlanishi, shuningdek, MRT- tadqiqotlarining keng tarqalishi bilan bog‘liq. Shuningdek, 2003-yildan beri suhbat paytida mobil telefon eng yaqin bo‘lgan temporal loblar sohasida kasalliklar sonining ko‘payishi kuzatilmagan.

  • 9 Sentyabr, 09:48
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech