Yangiliklar

not found

Misr hukumati 2025-yilda ilk marotaba Oʻzbekistonga "S" gepatitiga qarshi dori vositalarini begʻaraz taqdim etdi

Oʻzbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Misrdan "S" gepatiti kasalligiga qarshi dori vositalarining 2025-yildagi ilk partiyasi olib kelindi. "Dunyo" AAning xabar berishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi davlatimiz rahbarining mamlakatimizda "S" gepatitini 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirildi. Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar natijasida umumiy qiymati 114.829 AQSH dollariga teng 31 ta qutida 7440 dona boʻlgan “S« gepatitiga qarshi «Sofosbuvir-400mg” dori vositasini yurtimizda begʻaraz insonparvarlik koʻmagi sifatida taqdim etilishiga erishildi. Mazkur dori vositalari 31-may kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining samolyotida Sharm ash-Shayx – Toshkent avia yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekistonga olib kelindi. Ushbu dori vositalari mamlakatimizda «S« gepatitini 2030-yilga qadar bartaraf etish boʻyicha milliy dasturga asosan Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etiladi. Oʻzbekiston elchixonasi xabariga koʻra, 2023-2024-yillarda Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga “S« gepatitiga qarshi kurashish uchun umumiy vazni 12,4 tonna boʻlgan «Daclatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalari 27 partiyada insonparvarlik koʻmagi sifatida berilgan. Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million AQSH dollariga teng.

  • 2 Iyun, 10:13
  • Batafsil
not found

Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5 mlrd. 353 mln. so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi

Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan tovarlarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasidan yurtimizda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar nomiga yuborilgan tovarlar ortilgan 2 ta “GAZ” rusumli yuk avtotransport vositalari Toshkent viloyatidagi “Yallama” chegara-bojxona postiga “qizil yo‘lak”da kirib kelganlaridan so‘ng, ularni to‘liq bojxona ko‘rigidan o‘tkazish maqsadida bojxona xodimi kuzatuvi ostida, belgilangan manzil bojxona postiga yo‘naltirildi. Lekin, yarim yo‘lda bojxona xodimi mashinalarni belgilangan manzilgacha kuzatib bormasdan, ularni nazoratsiz qoldirib, erkin harakatlanishlariga zamin yaratgan. Bundan foydalangan haydovchilar yo‘nalishni o‘zgartirib, Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi, 1966 y.t. fuqaroning xonadoniga borishgan. So‘ngra Rossiya va Qozog‘istondan kitob, aksessuar va kiyim-kechaklar orasiga yashirgan holda olib kelingan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, “Aktovegin”, “Kleksan”, “Remaksol” kabi 214 nomdagi jami 52459 dona dori vositalarini yuk mashinasiga o‘rnatilgan bojxona muhrini buzmagan holda xonadonga tushirib, belgilangan manzil bojxona posti tomon yo‘lga chiqqan vaqtlarida ular Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qo‘mitasining shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi. Ta’kidlash lozimki, sifati kafolatlanmagan ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 5 mlrd. 353 mln. so‘mni tashkil etadi. Tergovga qadar tekshiruv davomida, hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi mazkur tovarlarni qo‘shni davlatdan mamlakatimizga o‘tkazib berishlari evaziga yuk avtomashinalari haydovchilariga 2000 AQSH dollari va’da qilganligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda yuk mashinalari haydovchilari va dori vositalari tushirilgan Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadon egasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, xizmat majburiyatini to‘laqonli bajarmay, xorijdan noqonuniy olib kelingan dori vositalarini yuk mashinalaridan tushirib qoldirilishiga zamin yaratgan “Yallama” chegara-bojxona posti inspektorining xatti-harakatlariga nisbatan tergov davomida huquqiy baho beriladi.

  • 30 May, 12:11
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech