Yangiliklar

not found

Jigar uchun foydali bo`lgan 10 ta mahsulot

Jigar – inson organizmidagi eng muhim organlardan biri. U qonni zararli moddalardan tozalab, tanada vitamin va minerallarni saqlaydi. Shuningdek, yalligʼlanishni nazorat qilib, energiya ishlab chiqaradi. Quyida jigar uchun eng foydali boʼlgan 10 ta mahsulot haqida maʼlumot beramiz. 1. Qovoq. Bu mahsulot beta-karotinning boy manbai hisoblanib, ushbu modda jigarni himoya qilishga yordam beradigan kuchli antioksidant hisoblanadi. Undagi S, Ye, kaliy, magniy va temir kabi muhim vitamin va minerallar jigar faoliyatini yaxshilaydi va uning himoya mexanizmlarini mustahkamlaydi. Qovoqda koʼp miqdorda suv va tola boʼlib, ular jigarni tozalashga yordam beradi va zararli moddalarni organizmdan chiqarib tashlashni tezlashtiradi. Shu bilan birga, yogʼ miqdori kam va past kaloriyali bu mahsulot jigarga ortiqcha yuk tushishining oldini oladi. 2. Turshak. U jigar faoliyatini yaxshilab, detoksikatsiya qobiliyatini oshiradi. Turshak tarkibidagi silimarin moddasi ushbu organni mustahkam himoyalaydi. 3. Sut mahsulotlari. Yogurt, qatiq va boshqa sut mahsulotlari probiotiklarga boy. Ular ichak mikroflorasini muvozanatlashtirishga yordam beradi. Hazm tizimi yaxshi ishlasa, jigarga tushadigan yuk kamayadi. Natijada organizm toksinlarni tez va samarali chiqarib tashlaydi. 4. Brokkoli. Jigar uchun foydali boʼlgan ushbu sabzavot antioksidantlarga boy. Undagi sulьforafan moddasi jigarni zararli moddalardan himoyalab, yalligʼlanish jarayonlarini sekinlashtiradi. Qolaversa, brokkoli diindolilmetan va glyukorafanin kabi tabiiy birikmalar bilan jigar holatini yaxshilaydi. Bu moddalar saratonga qarshi xususiyatlar bilan bogʼliq va tabiiy detoksikatsiya jarayonini qoʼllab-quvvatlaydi. 5. Zaytun yogʼi. U antioksidantlarga boy va jigarni erkin radikallardan asraydi. Undagi olein kislotasi yalligʼlanishni kamaytirib, jigar hujayralarini himoya qiladi. Shuningdek, zaytun yogʼi organizmdagi “yomon” xolesterinni kamaytirib, “yaxshi” xolesterinni oshiradi. 6. Yogʼli baliqlar. Ushbu mahsulot omega-3 yogʼ kislotalariga boy boʼlib, jigardagi yalligʼlanishni kamaytiradi. Undagi D, V12 vitaminlari, selen va yod moddasi organ faoliyatini yaxshilaydi. Qolaversa, yogʼli baliqlar sifatli protein manbai hisoblanadi. Protein esa jigar hujayralarining tiklanishi va yangilanishida muhim hisoblanadi. 7. Qizil lavlagi. Uning tarkibidagi betanin moddasi jigar faoliyatini yaxshilab, detoksikatsiya qobiliyatini oshiradi. 8. Yongʼoqlar. Bodom va yongʼoq omega-3 yogʼ kislotalari va Ye vitaminiga boy. Ular jigarni zararli moddalardan himoya qilib, yalligʼlanishni kamaytiradi. 9. Sarimsoq piyoz. Ushbu mahsulot jigarni detoksikatsiya qilishga yordam beradi. Oxirgi tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, u semirishning oldini oladi va tana vaznini kamaytirishga yordam beradi. 10. Suli yormasi. Yuqori darajada tolalarga boy boʼlgan ushbu mahsulot hazm qilish tizimini yaxshilab, toksinlarni organizmdan chiqarishga yordam beradi. Bu esa jigarga tushadigan yukni kamaytirib, uning faoliyatini yaxshilaydi. 

  • 25 Iyun, 09:00
  • Batafsil
not found

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida huquqiy-targʻibot yigʻilishi oʻtkazildi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi “Komplayens-nazorat” xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son qarori hamda kompaniyaning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida 2024-yil 20-iyun kuni Toshkent viloyat Dori-Darmon aksiyadorlik jamiyati xodimlari ishtirokida huquqiy-targʻibot yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda “Komplayens-nazorat” xizmati boshligʻi J.Qayumov kompaniya boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birgalikda kompaniya tizimida sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlarini qayd etib, kelgusida doimiy ravishda huquqbuzarliklarning oldini olish, sohaga doir qonun hujjatlariga toʻliq amal qilishni nazorat qilish borasida Komplayens-nazorat xizmati huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan doimiy hamkorlikda ishlarni olib borayotganligi yuzasidan toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, yigʻilish ishtirokchilari “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Kuzatuv kengashi tomonidan 2024-yil 7-fevralida yangidan qabul qilingan “Komplayens-nazorat xizmati toʻgʻrisida”gi Nizomi bilan tanishtirilib, “Komplayens-nazorat” xizmatining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari haqida maʼlumotlar berildi. Hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 2024-yil 5-iyun sanasidagi PQ-210-sonli qarorida yuklatilgan vazifalar tushuntirildi. Yigʻilish yakunida sohaga doir qonun hujjatlariga toʻliq amal qilish va xodimlarni oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshirishlari orqali huquqbuzarliklarning oldini olish mumkinligi qayd etildi.

  • 24 Iyun, 17:40
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech