11:57 (30.01.2024)
1092
Qandli diabetning qator xavfli asoratlari bor. Masalan, uzoq muddat qonda glyukoza darajasi yuqori boʼlishi bora-bora koʼrish qobiliyati pasayishi va hatto butunlay yoʼqolishiga olib kelishi mumkin. Bu patologiya tibbiyotda diabetik retinopatiya deb nomlanadi.
Аmmo kech bosqichda namoyon boʼladigan mazkur asoratlar aslida ancha avval, yashirin alomatlar bilan boshlanadi. Shu bois qandli diabet bilan ogʼrigan bemorlarga tez-tez oftalьmolog koʼrigidan oʼtib turish tavsiya etiladi.
Rossiyalik olimlar bu jarayonni yanada osonlashtirish chorasini topdi. Ular yaratgan neyrotarmoq koʼz fotosuratlari orqali diabet oqibatida yuzaga keladigan toʼr parda patologiyasini aniqlash imkonini beradi.
Innovatsion ishlanma matematik model asosida ishlaydi. Yaʼni maxsus dastur sunʼiy intellekt yordamida diabetik retinopatiyaga erta bosqichda, 88,7 foiz aniqlikda tashxis qoʼyadi. Buning uchun neyrotarmoqqa bemor koʼzlari suratlari joylashtirilishi kifoya.
Olimlar yaratgan yangi modelь fotosuratlarni oʼta yuqori tezlikda tahlil qilib, toʼr pardagi qon ketishi, lipidlar toʼplanishi, tomirlar oʼsishi va ular devorlarining ingichkalashi kabi belgilarga koʼra, xastalikni aniqlab beradi.