12:11 (11.10.2023)
1488
Maʼlumotlarga koʼra, 1 va 2-toifa diabet bilan ogʼrigan bemorlarning taxminan 35 foizida diabetik distress darajasi yuqori.
Diabetik distress — bu umidsizlik, tushkunlik va charchoq hissi bilan birga keladigan oʼziga xos hissiy reaktsiya. Bu har doim ham patologiya emas, lekin agar u yuqori darajada kuzatilsa, unga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, diabetik distress davolanishning muvaffaqiyatiga salbiy taʼsir qilishi mumkin.
Raqamli sogʼliqni saqlash vositalari diabetik distressni bir necha usullar bilan yengillashtirishi mumkin: glyukoza darajasini kuzatish va klinik maʼlumotlarni sharhlashni osonlashtirish, shifokor bilan motivatsion aloqani taʼminlash va maqsad koʼrsatkichlariga erishishda ijobiy qoʼllab-quvvatldash.
Shunday vositalardan biri Roche kompaniyasiga tegishli mySugr ilovasi. Ushbu dasturning pro versiyasi yaqinda 400 ga yaqin bemorni qamrab olgan klinik sinovda tekshirild. Sinovda 1-toifa, 2-toifa, shuningdek homilador boʼlgan qandli diabet bilan kasallangan bemorlar qamrab olindi. Ishtirokchilardan kunlik qondagi glyukoza miqdorini oʼlchash va natijalarni ilovaga kiritish soʼralgan.
Ishtirokchilarning ahvolini baholash uchun odatda diabet bilan ogʼrigan bemorlarda depressiv buzilishlar dinamikasini baholash uchun qoʼllaniladigan PAID (Problem Areas in Diabetes Scale-Qandli diabet muammoli hududlar shkalasi ) diagnostik shkalasi qoʼllanildi.
Ilova klinik tadqiqot va undan keyingi 12 haftalik kuzatuvda qandli diabet bilan ogʼrigan bemorlarda psixologik holatini yaxshilanishini koʼrsatdi (garchi u glikemik nazoratni yaxshilamagan boʼlsa ham).
Tadqiqotchilar bemorlarning ilovadan qoniqish darajasi yuqori ekanligini qayd etishdi, chunki undan sinov kunlarining 93 foizida koʼrsatmalarga muvofiq foydalanildi.