12:06 (19.07.2023)
2450
Har qanday bolalik jarohati va ayniqsa, bosh jarohati ota-onalarni keyinchalik qanday ta`sir ko`rsatishi bilan qo'rqitadi. Pediatrics tibbiyot jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot tashvishlangan kattalarni biroz tinchlantirishi mumkin.
Kanada va Qo'shma Shtatlardagi bolalar kasalxonalaridagi tez tibbiy yordam bo'limiga tashriflar natijasida, olimlar bolalarda miya chayqalishi IQ va aqlga klinik jihatdan ahamiyatli ta'sir ko'rsatmasligini aniqlashdi. Tadqiqotda 8 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan amerikalik va kanadalik bolalar - miya chayqalishi bo'lgan 566 bola va ortopedik jarohat bilan kelib tushkan 300 ta bola o`rganib chiqildi.
"Shubhasiz, miya chayqalishining bolalarga ta'siri katta tashvish tug'diradi va eng katta savollardan biri bu bolaning umumiy intellektual faoliyatiga ta'siri" deydi Kalgari Psixologiya kafedrasi professori doktor Keyt Yeyts.
Kanada va Amerika Qo'shma Shtatlaridan bemorlarning birlashishi pediatriya tadqiqotiga katta namuna hajmini berdi va Edmonton, Monreal, Vankuver, Ottava, Atlanta, Yuta va Ogayo universitetlari hamda Kalgaridagi Mount Royal universitetidan qatnashgan tadqiqotchilarga keng doiradagi demografik va klinik xususiyatlarga ega bo'lgan bemorlarni sinovdan o'tkazish imkoniyatini berdi.
"Biz ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni, bemorning jinsini, jarohatning og'irligini, miya chayqalishi tarixini va jarohat vaqtida ongni yo'qotish bo`lgan yoki bo`lmaganligini hisobga oldik", deydi Yeyts. “Bu omillarning hech biri muhim emas ekan. Umuman olganda, miya chayqalishi past IQ bilan bog'liq emas".