11:04 (29.09.2023)

1888

Oʼzbekiston BMT Bosh Аssambleyasining sil kasalligi boʼyicha yuqori darajadagi yigʼilishiga raislik qildi

Shu yilning 19-26 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda BMT Bosh Аssambleyasining 78-sessiyasining umumiy muhokamasi doirasida silga qarshi kurash boʼyicha yuqori darajadagi yigʼilish boʼlib oʼtdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» АА.

Ushbu format sogʼliqni saqlash sohasidagi davlat, hukumat rahbarlari va vazirlar ishtirokidagi yirik xalqaro tadbir boʼlib, silga qarshi kurashda oʼrta muddatli istiqbolga moʼljallangan global vazifalarning strategik maqsadlarini aniqlashga qaratilgan. Forum 2018 yilda Bosh Аssambleyaning birinchi shunga oʼxshash yigʼilishi tashkil etilganidan 5 yil oʼtib oʼtkazilmoqda. Keyingi uchrashuv 2028 yilda boʼlib oʼtadi.

Unda BMTga aʼzo 193 ta mamlaatlarning davlat va hukumat rahbarlari, sogʼliqni saqlash vazirlari, Bosh Аssambleya raisi, Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti va BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) rahbarlari, shuningdek, BMTning ixtisoslashgan idoralari, parlamentlar, xalqaro donorlar, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar, tibbiyot birlashmalari va xususiy sektorning yuqori darajali vakillari ishtirok etishdi.

Yuqori darajadagi yigʼilishning birinchi yalpi sessiyasini Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatov olib bordi. Vazir oʼz nutqida Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahnamoligida silga qarshi kurashish milliy tizimini tubdan modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Koʼrilgan chora-tadbirlar natijasida 130 ming kishining hayoti saqlab qolindi, sil kasalligi bilan kasallanish 43 foizga, oʼlim darajasi 84 foizga kamaydi.

Oʼzbekiston Prezidentining joriy yil yanvarь oyida qabul qilingan «2023-2026 yillarda ftiziatriya va pulьmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qarorining mazmun-mohiyati alohida taʼkidlandi. Hujjatda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bilan bir qatorda latent sil kasalligiga qarshi skrining tekshiruvlari sonini yiliga 1 million nafarga yetkazish koʼzda tutilgan.

Tadbir yakunida aʼzo davlatlar Oʼzbekiston va Polьsha muvofiqlashtiruvida ishlab chiqilgan Siyosiy deklaratsiyani bir ovozdan qabul qildilar. Mazkur hujjat BMTning Nьyu-Yorkdagi Bosh shtab-kvartirasida ham, xalqaro tashkilotlarning bosh idoralari joylashgan dunyoning boshqa shaharlarida ham oʼtgan yil davomida olib borilgan puxta tayyorgarlik ishlari va jadal davlatlararo muzokaralar natijasidir.

Hujjatda 2030 yilgacha silga qarshi global epidemiyaga barham berishni jadallashtirish boʼyicha aniq vazifalar oʼrin olgan. Xususan, 90 million aholini sifatli davolash va profilaktika tadbirlari bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Ushbu jarayonda, 2023-2027 yillarda, shu jumladan 4,5 million bolalar, 1,5 million doriga chidamli sil bilan kasallangan bemorlar qamrab olinadi. Shuningdek, aʼzo davlatlar sil kasalligini global moliyalashtirishni 2027 yilga borib yiliga 5,4 milliard dollardan 22 milliard dollargacha va 2030 yilga borib esa 35 milliard dollargacha, yaʼni hozirgi darajadan toʼrt baravardan koʼproqqa oshirish majburiyatini oldilar.

Siyosiy deklaratsiya birinchi marta mamlakatlarning keyingi 5 yil ichida silga qarshi yangi vaktsinani ishlab chiqish, ishlab chiqarish va foydalanishni boshlash maqsadlarini tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda sil kasalligini davolash uchun foydalanilayotgan «BTsJ» yagona vaktsinasi 100 yil oldin ishlab chiqarilgan. Mutaxassislarning fikricha, mazkur strategik hujjatning qayd etilgan qoidasi sil kasalligini bartaraf etishda jahon hamjamiyatining asosiy yutugʼidir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech