Yangiliklar

not found

Revmatoid artritga qarshi dori 1-toifa diabetni davolashda yordam berishi mumkin

Dunyoda birinchi boʻlib oʻtkazilgan klinik sinov revmatoid artritni davolashda keng qoʻllaniladigan  dori baritsitinib yangi tashxis qoʻyilgan bemorlarda 1-toifa diabetning rivojlanishini toʻxtatishi mumkinligini koʻrsatdi.  Avstraliyaning Melburn shahridagi Sent-Vinsent tibbiy tadqiqotlar instituti olimlari baritsitinib organizmda insulin ishlab chiqarishni saqlab qolishi mumkinligini aniqladi. Ular ushbu kashfiyotni kasallikni nazorat qilish va davolashda "katta qadam" deb taʼrifladilar va ular bu ish "1-toifa diabetni nazorat qilish qobiliyatini tubdan yaxshilashini vaʼda qilmoqda". Tadqiqotda 10 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 91 bemor ishtirok etdi. Ulardan 60 tasi baritsitinib, qolganlari platsebo qabul qilishdi. Barcha bemorlarga soʻnggi 100 kun ichida 1-toifa diabet tashxisi qoʻyilgan va tadqiqot davomida insulin terapiyasi olayotgan edi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, baritsitinibni qabul qilgan guruh ishtirokchilar organizmining oʻzi insulin ishlab chiqarishini samarali saqlab qolishga va 1-toifa diabetning rivojlanishini bostirishga muvaffaq boʻlishdi. Shu sabab ular davolanish paytida sezilarli darajada kamroq insulin talab qildilar. Doktor Fey Rayli tadqiqot aloqalari boʻyicha menejeri: Bu natijalar shuni koʻrsatadiki, 1-toifa diabetning ildiziga - immunitet tizimiga hujumga yoʻnaltirilgan holda, preparat 1-toifa diabetga yangi tashxis qoʻyilgan odamlarda oshqozon osti bezini himoya qilishga yordam beradi, shuning uchun u iloji boricha koʻproq insulin ishlab chiqaradi. Bu qondagi shakar miqdorini barqarorroq ushlab turishi va kelajakda diabetning jiddiy asoratlaridan himoya qilishi mumkin.

  • 12 Dekabr, 11:43
  • Batafsil
not found

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi boʼlganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda “S.A.” MChJ dorixonasi sotuvchisi S.B. fuqaro А.F.ga 39 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ushlanib, sotish maqsadida saqlanib kelingan 50 dona ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Departamentning Uchtepa tuman boʼlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar F.U. va T.U. oʼzaro til biriktirib, fuqaro А.А.ga 34 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 3 mln soʼmga sotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 43 dona ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Shu kabi, Departamentning Yangihayot tumani boʼlimi tomonidan DXX va IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor-tadbirda, fuqarolar N.U. va R.R. fuqaroga 9 dona “Tropikamid" nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 4,2 mln soʼmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Departamentning Yashnobod tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro S.X.ning yonidan 1 dona paketda oʼtkir hidli kukunsimon modda, 25 dona “Zardeks” va 5 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergovga tegishliligi boʼyicha yuborilgan.

  • 12 Dekabr, 09:10
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech