Yangiliklar

not found

Nima uchun dori-darmonlarni tavsiya etilgan haroratda saqlash muhim?

Har qanday preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarda saqlash harorati ko‘rsatiladi. Biroq, ko‘pchilik barcha dori-darmonlarini bitta dori qutisida saqlaydi. Kerakli harorat qoidalariga rioya qilmaslik dorining yaroqlilik muddatini qisqartirishi, hatto uni ishlatganda xavfli darajaga olib kelib qo‘yishi mumkin. Masalan, ko‘z tomchilari, malhamlar, shamlar, gellar, insulinlar +2…+8 °C yoki +8…+15 °C haroratda saqlanishi kerak. Lekin odamlar ko‘pincha ba’zi ko‘z tomchilarini ofisdagi stolida qoldiradi yoki doimo sumkasi yoki cho‘ntagida olib yuradi. Albatta, bunday holatlarda saqlash talablari bajarilmaydi, natijada harorat darajasi buzilganligi sababli, ayrim preparatning saqlash muddati kamayadi, boshqalarida esa uning farmakologik xususiyatlari yo‘qoladi. Aytaylik, 20 darajadan yuqori haroratda 12 soatdan so‘ng preparatning yaroqlilik muddati qisqaradi, u yo‘riqnomada ko‘rsatilganidek masalan, allergiya, qizarish yoki shishga qarshi ijobiy natijasini ko‘rsatmasligi mumkin. Agar siz keyin ko‘z tomchilarni muzlatgichga qo‘ysangiz ham, bu preparatning xususiyati tiklanadi degani emas. Harorat rejimiga rioya qilmaslik xavfi shundan iboratki, oddiy iste’molchi preparatning farmakologik xususiyatlari pasayganligini bilmay qoladi va undan foydalanishda davom etadi. Bu shuni anglatadiki, preparat kasallikni davolashda samarasiz hatto zararli bo‘lishi mumkin. Dori-darmonlarni saqlashda haroratdan tashqari yorug‘lik va namlik kabi parametrlarni ham hisobga olish zarur. Odatda yo‘riqnomalarda dori vositasini qorong‘i joyda saqlash kerakligi yoziladi. Bunday holda, dori o‘ramini yorug‘lik tushadigan joyga qo‘ymaslik kerak. Quyosh nurlari dori vositalarining sifatiga ham ta’sir qiladi, shuning uchun agar deraza tokchasida saqlansa, ma’lum bir mahsulot samarasini kamaytirishi yoki hatto salbiy reaksiyaga olib kelishi mumkin. Ba’zi dori-darmonlar doimo havo namligi 50% dan oshmaydigan quruq joyda saqlanishi kerak. Ko‘pincha minimal chegara ham hisobga olinadi. Masalan, jelatin kapsulalarini 40% dan past namlik darajasida saqlash mumkin emas. Aks holda ular mexanik ta’sir ostida mo‘rt bo‘lib, sinishi mumkin. Dori vositalari ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatilgan butun yaroqlilik muddati davomida samarali bo‘lishi uchun ko‘rsatmalarda ko‘rsatilgan saqlash tavsiyalariga amal qilish kerak. Yo‘riqnomalarda 15 dan 25 darajagacha bo‘lgan xona harorati rejimi mavjud. Odatda, bu oshxona bo‘lib, talablarda tez-tez uchraydigan "quruq joy" tavsifiga mos keladi. Ba’zi ko‘rsatmalarda "salqin joy" deyiladi - bu 8 dan 15 darajagacha bo‘lgan harorat, ya’ni dori muzlatgich eshigida saqlanishi mumkin, ammo bunday dorilar tobora kamayib bormoqda: ishlab chiqaruvchilar 2 dan 15 darajagacha bo‘lgan diapazonni kengaytirmoqda. Eng qattiq harorat rejimi 2 dan 8 darajagacha. Bu, masalan, inyeksion preparatlar, ko‘z tomchilarini saqlash uchun kerak. Preparatning saqlash muddati qanchalik qisqa bo‘lsa, uni saqlashga qo‘yiladigan talablar shunchalik qattiqroq bo‘ladi. Dori-darmonlarni muzlatish ham mumkin emas.

  • 12 Fevral, 08:49
  • Batafsil
not found

Dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun berilgan arizalar qancha muddatda koʻrib chiqilishi kerak?

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish va guvohnoma berish Davlat markazi tomonidan  amalga oshiriladi.  Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza Davlat markazi tomonidan ariza quyidagi muddatlarda koʻrib chiqiladi:  15 ish kuni — tan olish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladigan dori vositalari, tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlari; 50 kun — dori moddalari (substansiyalar) uchun; 60 kun – Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari uchun; 120 kun — qadoqlangan va oʻrash-joylash materialiga joylangan farmakopeya dorivor oʻsimlik xomashyosi shaklidagi dori vositalari, bogʻlov materiallari, teshish, inyeksiya, transfuziya va soʻrib olishga moʻljallangan buyumlar, kontratseptivlar, rezina, rezina mato, lateks, polimerdan tayyorlangan tibbiy buyumlar, bemorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemorlarni parvarish qilish uchun tibbiy buyumlar. 155 kun — qolgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun.   Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Davlat markazi hisob raqamiga oʻtkaziladi.

  • 11 Fevral, 15:03
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech