Yangiliklar

not found

Farmatsevtika tarmog‘idagi natijalar va loyihalar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-may kuni farmatsevtika tarmog‘ida erishilayotgan natijalar va istiqbolli rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Iqtisodiyot va aholi salomatligida muhim o‘rin tutadigan bu sohaga alohida e’tibor qaratilib, zarur huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratib berilmoqda. Birgina joriy yil boshida shu borada ikkita hujjat qabul qilindi. Xususan, 10-yanvardagi Prezident qaroriga muvofiq, 2024-2025-yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. 23-yanvarda qabul qilingan farmonda farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Sohadagi yangi loyihalar uchun 100 million dollar arzon resurs ajratildi. Bundan tashqari, Asaka bank tomonidan 200 million dollar jalb qilindi. Bu imkoniyatlar natijasida o‘tgan 4 oyda 30,5 million dollarlik ikkita loyiha ishga tushirilib, 160 ta ish o‘rni yaratilgan. 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 51 million dollarlik eksport qilingan. Lekin, bu natijalar hali yetarli emas. Imkoniyatlar ham, rejalar ham ulkan. Xususan, bu yil 400 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 200 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. 2 milliard dollarlik 147 ta loyiha boshlanib, shundan 28 tasi joriy yilda ishga tushirilishi belgilangan. 450 turdagi yangi mahsulotni mahalliylashtirish mo‘ljallangan. Davlatimiz rahbari bu imkoniyatlardan foydalanib, mahalliy mahsulotlar bilan ichki bozor talabini qondirish darajasini oshirish zarurligini ta’kidladi. Ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga o‘tkazish, narx va sifat mutanosibligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda sohada raqamlashtirishni bu yil 65 foizga yetkazish, keyingi yil esa to‘liq yakunlash vazifasi qo‘yildi. Bu orqali narxni kamida 20 foizga arzonlashtirish mumkinligi qayd etildi. Soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. “Tashkent Pharma Park” innovatsion farmatsevtika klasteri faoliyatini jadallashtirib, 470 million dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish choralari ko‘rib chiqildi. Farmatsevtika sohasiga investorlarni jalb qilib, yangi loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham axborot berildi.

  • 24 May, 08:49
  • Batafsil
not found

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etildi

“Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-183-son, 21.05.2024-y.) qabul qilindi Qarorga koʻra, quyidagilar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi, jumladan: - 2030-yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish; - gemopoetik oʻzak hujayralari va suyak koʻmigi hujayralarini transplantatsiya qilishni rivojlantirish; - bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz taʼminlash.  Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Markaz) etib qayta nomlandi. Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etildi.  2024-yil 1-iyuldan onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

  • 23 May, 17:30
  • Batafsil
not found

JSST tuzdan foydalanishni majburiy cheklashga chaqirdi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) tayyor ovqatlar, jumladan, jamoat joylarida sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarida tuzdan foydalanishga majburiy cheklovlar joriy etishga chaqirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.  JSST ekspertlari tuzni haddan tashqari koʼp isteʼmol qilish gipertoniya va boshqa yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishini aytmoqda. Bu kasalliklardan har kuni dunyoda 10 ming kishi vafot etadi. Ular orasida erkaklar ulushi ayollarga qaraganda 2,5 marta koʼp. Bundan tashqari, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda 30 yoshdan 69 yoshgacha boʼlgan yurak-qon tomir kasalliklaridan oʼlish ehtimoli Gʼarbiy Yevropaga qaraganda deyarli 5 baravar yuqori. Gipertoniya Yevropa mintaqasida barcha oʼlimlarning deyarli toʼrtdan bir qismini va nogironlarning 13 foizini tashkil qiladi. Аksariyat yevropaliklar koʼp tuz isteʼmol qiladi va 30-79 yoshdagi har uchinchi odam gipertoniyadan aziyat chekadi. Organizmda koʼp miqdordagi tuz yuqori qon bosimini keltirib chiqaradi, bu esa oʼz navbatida yurak-qon tomir kasalliklariga sabab boʼladi. Koʼcha ovqatlari va yarim tayyor oziq-ovqatlar tuzni haddan tashqari koʼp isteʼmol qilishning asosiy sababi hisoblanadi, — deya ogohlantiradi JSST tadqiqotchilari. Tashkilot mutaxassislari kuniga 5 grammdan koʼp boʼlmagan tuz isteʼmol qilishni tavsiya etadi. Jamoat joylarida sotiladigan ovqatlarda tuzdan foydalanishni majburiy cheklashga chaqiradi. JSST hisob-kitoblariga koʼra, tuz isteʼmolini 25 foizga kamaytirish siyosati 2030 yilga borib 900 ming kishining hayotini saqlab qolishi mumkin.

  • 23 May, 15:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech