Yangiliklar

not found

“Sogʼliqni saqlash – TIHE 2025”

Bugun Toshkent shahridagi yangi “CAEx Uzbekistan” xalqaro koʼrgazmalar markazida “Sogʼliqni saqlash – TIHE 2025” va “Beauty Uzbekistan 2025” xalqaro koʼrgazmalari oʼz ishini boshladi. “TIHE-2025” koʼrgazmasi oʼzbek tibbiyotining rivojlanishi, zamonaviy jihozlar va texnologiyalar bilan tanishish, shifokorlar va soha mutaxassislarining malakasini oshirish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, bu yilgi koʼrgazmaning yana bir muhim jihati – “Goʼzallik va salomatlik sinergiyasi” shiori ostida ilk bor mustaqil ravishda oʼtkazilayotgan “Beauty Uzbekistan -2025” koʼrgazmasidir. U estetik tibbiyot, apparat kosmetologiyasi va anti-age parvarishi sohalariga bagʼishlanadi. "Dori-Darmon" АK Boshqaruv raisi M. Dusmuratov, kuzatuv kengashi raisi F. Аbutaliev hamda kompaniyamiz mutaxassislari mazkur koʼrgazmada ishtirok etib, bir qator uchrashuvlar oʼtkazdi. “TIHE”– Oʼzbekistonda Jahon koʼrgazma sanoati assotsiatsiyasi (UFI) tomonidan rasman eʼtirof etilgan yagona tibbiy koʼrgazma boʼlib, u 1995 yildan buyon har yili oʼtkazib kelinadi. Bu tadbir nafaqat mahalliy, balki xalqaro soha mutaxassislari uchun ham muhim platforma hisoblanadi. Koʼrgazmalar doirasida tibbiyot, estetik va kosmetologik sohalardagi soʼnggi ishlanmalar, asbob-uskunalar namoyish etilmoqda. “TIHE” va “Beauty Uzbekistan 2025” koʼrgazmalarining birlashgan ekspozitsiyasida 23 davlatdan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda. 

  • 15 Aprel, 15:24
  • Batafsil
not found

Fuqarolar tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bo‘lgan dori vositalarini olib kirishi mumkinmi?

Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish va olib chiqish Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga muvofiq amalga oshiriladi. ✅ Giyohvandlik vositalarini 7 sutkalik ehtiyojdan ortiq bo‘lmagan miqdorda olib chiqishga tibbiyot muassasasining davolash-maslahat komissiyasining muhri bilan tasdiqlangan xulosasi mavjud bo‘lganda ruxsat beriladi. ✅ Giyohvandlik vositalarini 7 sutkalik ehtiyojdan ortiq bo‘lmagan miqdorda olib kirishga yashash yoki bo‘lish mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, davolash kursining tavsiya etiladigan soni ko‘rsatilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda ruxsat beriladi. ✅ Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun psixotrop moddalarni yashash yoki bo‘lish mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan turli nomdagi 5 tagacha davolash preparatlarini va ulardan har birining ikkitadan ortiq bo‘lmagan o‘ramini davolash kursi doirasida olib kirish va olib chiqishda ruxsat beriladi. ✅ O‘tkazish punktlarida bojxona chegarasini kesib o‘tishda jismoniy shaxslar ularda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar borligini deklaratsiyada qayd etishlari shart, bunda giyohvandlik vositalari uchun — bojxona organiga jismoniy shaxsning yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, dori vositasining nomi, uning dori shakli va davolash kursining tavsiya etiladigan soni ko‘rsatilgan hujjat taqdim etilishi kerak.

  • 15 Aprel, 08:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech