Yangiliklar

not found

Oʻzbekistonda tibbiyot sohasini transformatsiya qilishda turkiyalik mutaxassislar yaqindan koʻmak beradi

Sogʻliqni saqlash vazirligiga tizimni isloh qilish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli rejalarni ishlab chiqishda yordam berishi kerak boʻlgan yetti nafar turkiyalik ekspertdan iborat guruh Oʻzbekistonga jalb qilindi. Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, mutaxassislra hukumat qaroriga muvofiq taklif etilgan. Guruh yettita asosiy yoʻnalish boʻyicha ishlaydigan yetti nafar mutaxassisdan iborat: birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirishbirlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish; tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish va tizimni raqamlashtirish; shifoxonalarda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish; tibbiy xizmatlarni rejalashtirish; farmatsevtikani rivojlantirish va dori vositalari taʼminoti; tibbiy asbob-uskunalar samaradorligini oshirish; shoshilinch va tez tibbiy yordamni rivojlantirish. Mutaxassislar “yuqoridagi yettita yoʻnalish boʻyicha katta xalqaro tajriba va malakaga ega, har biri tegishli yoʻnalish boʻyicha masʼul etib belgilangan”, deyiladi xabarda. Guruh rahbari Hasan Chagil 1986-yilda Istanbul universitetini tamomlagan. 2003−2013-yillarda Turkiya tibbiyotini transformatsiya qilishda bevosita ishtirok etib, asosiy yoʻnalishlarga boshchilik qilgan. Natijada qisqa muddatda mamlakat tibbiyoti 2000-yillar boshidagi ahvoli ogʻir sohadan rivojlangan tizimga aylandi. Ushbu mutaxassis xalqaro darajadagi ekspertlik faoliyatini 2016-yildan mustahkamlagan. Osiyo va Yevropaning bir qator Sogʻliqni saqlash vazirliklarida tibbiyotning qator yoʻnalishlari boʻyicha maslahatchilik faoliyatini davom ettirgan. Shu bilan birga, turkiyalik ekspertlar safida tibbiyot sohasida katta ilmiy salohiyat hamda amaliy tajribaga ega Mehmet Ugurlu, Talgan Kyuchyuk, Muhammet Yornek, Mehmet Ersoy, Hasan Bagdji va Mexmut Avdji ham bor. Hozir ular joylarda boʻlib, sogʻliqni saqlash muassasalari faoliyatini chuqur oʻrgangan holda, uni yanada rivojlantirish borasida oʻz tavsiyalarini beryapti. Kelgusida ana shu tahlil, taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, sogʻliqni saqlash tizimining bosqichma-bosqich islohotiga oid qisqa, oʻrta va uzoq muddatli “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

  • 28 Noyabr, 11:58
  • Batafsil
not found

Lancet: OIV bilan kasallanish va o'lim darajasi 12 yil ichida keskin kamaydi

2010 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan 12 yil davomida OIV bilan kasallanish va undan o‘lim ko‘rsatkichlari global miqyosda pasaydi. Xususan, yangi kasallanish holatlari soni qariyb 22 foizga, o‘lim holatlari soni esa deyarli 40 foizga kamaydi. Ushbu ma’lumotlar AQShning Sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlari va baholash instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda keltirilgan. Tadqiqot 1 dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni arafasida The Lancet jurnalida chop etildi. Tadqiqot mualliflari dunyoning 204 mamlakati va hududlarida OIV bilan kasallanish va o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rgandi. 2021 yil ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda OIV bilan kasallanganlar soni 40 millionga yetgan. 2010 yilda bu ko‘rsatkich 29,5 millionta edi. Olimlarning ta’kidlashicha, o‘sha yili dunyoda 2,11 millionta yangi kasallanish holatlari aniqlangan, 1,19 million odam OIVdan vafot etgan. 2021 yilda esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 1,65 mln va 718 mingtani tashkil etgan. Kasallanish va o‘limning pasayishiga Afrikaning Sahroi Kabirdan quyida joylashgan mamlakatlari va Janubiy Osiyoda OIV bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani asosiy hissa qo‘shdi. Ushbu Afrika mamlakatlarida OIVni yuqtirish ehtimoli 12 yil ichida 21,8 foizdan 8,7 foizgacha kamaydi. Ammo ushbu ko‘rsatkich dunyoning boshqa mintaqalari bilan solishtirganda eng yuqori bo‘lib qolmoqda. Afrikada 12 yil ichida OIVdan o‘lim soni 100 ming aholiga 106,5 tadan 45,5 tagacha kamaydi. Shu bilan birga, tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, xuddi shu davrda Markaziy, Sharqiy Yevropa, O‘rta Osiyo mamlakatlarida vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. Bu mintaqalarda OIVdan o‘limlar soni jami 10,4 foizga oshdi, 2021 yilda 28,3 ming kishi vafot etdi. Bundan tashqari, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida ham vaziyat murakkab. Ko‘rsatilgan davrda ushbu hududlarda o‘limlar soni 40,7 foizga o‘sdi, 2021 yilda 11,1 ming kishi OIV bilan vafot etdi. Olimlarning prognozlariga ko‘ra, butun dunyoda OIV bilan kasallanish va o‘lim darajasi bundan keyin ham pasayib boradi. Xususan, 2030 yilda OIVdan 513 ming kishi, 2050 yilda esa 327 ming kishi vafot etishi mumkin. OIV bilan kasallangan odamlar soni esa o‘sishda davom etib, 2030 yilgacha 43,7 million kishiga yetadi. 2039 yilda bu ko‘rsatkich eng yuqori nuqtaga — 44,4 million kishiga ko‘tariladi va shundan so‘ng asta-sekin pasaya boshlaydi. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, 2050 yilga borib dunyoda OIV bilan yashovchi odamlar soni 43,4 million kishini tashkil etadi.

  • 28 Noyabr, 09:00
  • Batafsil
not found

Olimlar suvni zararsizlantirish mumkin boʻlgan mikroblarga qarshi idish ishlab chiqishdi

Novgorod davlat universitetining politexnika instituti olimlari mikroblarga qarshi idishlarni yaratdilar, unda kumush va mis ionlari yordamida toza suv olish mumkin.  Ular kuchli mikroblarga qarshi, viruslarga qarshi va immunostimulyatsiya qiluvchi taʼsirga ega. Idishlar yuqumli va virusli kasalliklarning (jumladan, OʻRVI, gripp, COVID-19) oldini olish va davolashda yordam beradi. "Mis mutlaqo muhim element hisoblanadi. Mikroblarga qarshi xususiyatiga qoʻshimcha ravishda, u immunostimulyator, antioksidant va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega. Kumush esa 500 dan ortiq patogen mikroorganizmlar bilan mukammal kurashadi va immunomodulyator, bakteritsid, bakteriyalarga qarshi, viruslarga qarshi, zamburgʻlarga qarshi va antiseptik taʼsiri bilan mashhur. Bundan tashqari, kumush ionlari, masalan, penitsillin, biomitsin va boshqa antibiotiklarga qaraganda mikroblarga qarshi kuchli taʼsirga ega.  Bu shuni anglatadiki, bunday idishlarni, maʼlum darajada mikroblarga barqaror boʻlib borayotgan dori darmonlar bilan oʻrnini almashtirish mumkin“, dedi ishlanma muallifi Aleksandr Tixonov.  Taklif etilayotgan idishning samaradorligi shundan iboratki, mis va kumush ionlari turli xil eritmalarni mikroblarga qarshi va regenerativ taʼsirini maksimal darajada qilib olish imkonini beradi.  Idish butunlay mis bilan qoplangan, pastki va  pastki ichki yuzasiga kumush qoplama qoʻllaniladi. Keyin unga suyuqlik quyiladi va bakteritsid xususiyatga ega boʻlish uchun bir necha soat davomida qoldiriladi. Shunday qilib, ichimlik suvi 12-24 soat, limon kislotasi va mineral suv esa 1-2 soat davomida qoldiriladi. Shu tarzda siz taom tayyorlash uchun, ichimliklar, biologik faol qoʻshimcha, dori-darmonlar va kosmetika mahsulotlarini tayyorlash uchun toza eritma olishingiz mumkin.  "Mikroblarga qarshi idishlar arzon narxga ega, shuning uchun ular nafaqat tibbiyot, farmakologiya, kosmetologiya, veterinariya, balki kundalik hayotda ham qoʻllanilishi mumkin.", dedi Tixonov. Ayni paytda texnologiya patentlangan, idish-tovoq namunalari tayyorlangan, uni ishlab chiqarish va Novgorod korxonalari va tibbiyot muassasalarida joriy etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

  • 27 Noyabr, 17:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech