Yangiliklar

not found

Qandli diabet uchun hatto kichik jarohatlar ham xavfli: endokrinolog

Endokrinolog qandli diabetga qanday kutilmagan alomatlar hamroh bo‘lishi mumkinligi, qand miqdori yuqori bo‘lganlar nimani yeyishi va nima iste’mol qila olmasligi, bu kasallikka chalinganlar qanday qiyinchiliklarga duch kelishi haqida gapirdi. 1. Bemorlar qandli diabetning qaysi belgilarini kasallik bilan bog‘lamaydi? Ko‘pchilik diabet aynan og‘iz qurishi, doimiy chanqoq va hojatga borish istagi bilan boshlanadi, deb o‘ylaydi. Lekin kasallik har bir organizmda turlicha kechishi va hatto yashirin tarzda o‘tishi ham mumkin. Misol uchun, u umumiy salomatlikdagi kichik o‘zgarishlar bilan keladi: kun davomida uyquchanlik, charchoq, kuchsizlik his qilinadi. Ba’zida diabetning yagona belgisi doimiy charchoq bo‘ladi. Bundan tashqari, diabet terining holatidagi o‘zgarishi bilan ham namoyon bo‘lishi mumkin. Turli teri infeksiyalari, yallig‘lanish, toshmalar yoki terining quruqlashishi kabi belgilar diabet alomatlari sirasiga kiradi. Yana bir muhim alomat bu ko‘rish sezgirligining pasayishidir. Bemorlar bu belgini hech kim diabet bilan bog‘lamagan uchun aniq tashxis qo‘yish vaqti kechikadi. 2. Qand kasalligida kichik jarohatlarga ham e’tibor berish muhimmi? Ha, bu muhim haqiqat. Birinchidan, diabet bilan sezgirlikning pasayishi tufayli yaralar paydo bo‘lish xavfi oshadi. Bemor kichik jarohat, kesik, qirilib ketish kabi oddiy shikastlanishlar borligini sezmasligi mumkin. Ikkinchidan, diabet bilan og‘rigan odamlarda infeksiyalar va yallig‘lanishlar ko‘proq yuzaga keladi. Kichik hajmli jarohat esa nafaqat teriga, balki chuqurroq joylashgan to‘qimalarga ham ta’sir qilishi va natijada katta yaraga aylanishi mumkin. Bu holat ayniqsa oyoqlarda sodir bo‘ladi. Bemor tovonidan jarohat olganini sezmay qoladi. Diabetda xavf nafaqat mexanik jarohatlarda, balki kuyishda ham oshadi. Teri sezgirligining pasayishi bemorlarning yuqori haroratni his qilmasligiga olib keladi. Misol uchun, odam oyoqlarini isitishga harakat qilib tog‘oradagi issiq suvga oyoq tiqadi yoki isitish batareyalariga suyanadi, me’yoridan ortiq issiqlikni sezmay, oyoq yoki qo‘l terisini kuydirib olishi mumkin. Bunday holatda jarohat tufayli qonga infeksiya tushish xavfi ortadi. Qandli diabetga chalinganlar terisini yaxshi parvarish qilishlari, manikyur, pedikyur yoki kosmetik muolajalardan ehtiyot bo‘lishlari va yalangoyoq yurmasliklari kerak. 3. Qanday zamonaviy texnologiyalar diabet bilan kasallanganlar hayotini osonlashtiradi? Hozirgi vaqtda glyukoza darajasini kuzatish uchun ko‘plab yangi texnologiyalar mavjud. Ularning asosiy maqsadi nafaqat glyukoza darajasini o‘lchash, balki undagi o‘zgarishlarini kuzatish hamdir. Qondagi qand miqdorini monitoring qiladigan texnologiyalari orasida glyukometr alohida o‘ringa ega. Ushbu oddiy qurilma bemorga istalgan vaqtda va istalgan joyda qand darajasini mustaqil ravishda kuzatish imkoniyatini beradi. 4. Qand kasalligida iste’mol qilish man etilgan taomlar ro‘yxati bormi? Diabetda ovqatlanish tartibi bo‘yicha ko‘plab noto‘g‘ri fikrlar mavjud, chunki kasallik tufayli ma’lum turdagi oziq-ovqatlarni iste’mol qilish man etilmaydi. 2-toifa qand kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda esa alohida ishlab chiqilgan parhez davolash usuli sifatida qo‘llanilishi mumkin. Ba’zi bemorlar qat’iy parhezga rioya etsa, turli dorilar qabul qilish ham talab etilmasligi mumkin. Insulindan foydalanadigan 1-toifa diabetga chalingan odamlarning parhezi sog‘lom odamning diyetasidan farq qilmaydi. Shirinliklar, turli pishiriqlar va non mahsulotlarini ratsiondan butunlay chiqarib tashlashning hojati ham yo‘q. 5. Diabet bilan yashashning eng qiyin, ammo hech kim gapirmaydigan tarafi nima? Qandli diabet bilan og‘rigan odam uchun eng katta qiyinchilik nima ekanligini aniq aytish qiyin. Kasallik fiziologik jihatdan murakkab bo‘lib, asoratlari barcha insonlarda individual bo‘ladi. Ehtimol, diabetning eng qiyin tarafi bu psixologik yuk bo‘lishidir. Salomatlik va qandli diabet haqida OAV da ko‘p gapirilayotganiga qaramay, aholining bu boradagi xabardorligi oshmay qolmoqda. Ushbu kasallikka chalingan odam ko‘pincha uning qanday kasallik ekanligini tushunmaydi yoki aksincha, qo‘rquv va xavotirga tushadi. Bundan tashqari, qand kasalligini jamoatchilik tomonidan salbiy ruhda qabul qilish muammosi mavjud. Aholi orasida qandli diabet halokatli kasallik sifatida qabul qilinadi, shu sababli, bemorlar ko‘pincha kasalliklarini boshqalardan yashirishga urinadi. Rasmiy tibbiyotga ko‘ra — diabetni birinchi hamda ikkinchi turining chidamli shakllarini butunlay davolashni imkoni yo‘q. Lekin doimiy nazorat ostida bo‘lgan va shifokor tavsiyalariga amal qilingan holda kasallik asoratlarini oldini olish yoki butunlay cheklash mumkin. Zero kasallikning o‘zi emas, asoratlari xavfli hisoblanadi.

  • 24 Dekabr, 11:50
  • Batafsil
not found

2024-yil sarhisobi. Qonunchilik. May

06.05.2024-yil. "O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 – 2028-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya tasdiqlandi. 21.05.2024 yil. “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra: - 2030-yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish; - gemopoetik o‘zak hujayralari va suyak ko‘migi hujayralarini transplantatsiya qilishni rivojlantirish; - bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan etib belgilandi. 30.05.2024-yil. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi Unga ko‘ra, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga dori moddalarini (substansiyalarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibining bekor qilinishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi. Shu bilan birga “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlash vakolati Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklandi. Shuningdek retseptsiz yoki shifokor retsepti bo‘yicha beriladigan dori vositalari to‘g‘risidagi axborotni ularning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda hamda Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida ko‘rsatish talabi joriy etildi. 30.05.2024-yil. “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, hodisa va favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi. 112 yagona dispetcherlik xizmati IIV, FVV, SSV, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda «Hududgazta’minot» shoshilinch xizmatlarini ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtiradi. 30.05.2024-yil. “Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvargacha raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlar uchun markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari kamaytirish huquqi berildi.

  • 23 Dekabr, 14:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech