09:07 (15.03.2023)

1421

15 mart — Butunjahon isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni

Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eʼtirof etilib, 1983 yildan buyon har yili butun dunyoda keng nishonlanadi.

Bu sana har yili Butunjahon isteʼmolchilar ittifoqi tashkiloti tomonidan maʼlum bir mavzuga bagʼishlanadi. Joriy 2023-yilda esa «Toza energiya va mahsulotlarni isteʼmol qilishga oʼtish orqali isteʼmolchilarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» shiori ostida oʼtmoqda.

Mamlakatimizda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni 1996 yil 26 aprelь – Oʼzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonuni qabul qilingandan boshlab nishonlanib kelinmoqda.

Isteʼmolchi— foyda chiqarib olish bilan bogʼliq boʼlmagan holda shaxsiy isteʼmol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda boʼlgan fuqaro (jismoniy shaxs).

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech