09:07 (18.05.2023)

2085

18 may – Xalqaro muzeylar kuni

1977 yildan boshlab har yili 18 mayda dunyodagi 150 ga yaqin davlatda Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Bu haqda 1977 yilda Moskva va Leningrad shaharlarida oʼtkazilgan ICOM (International Council of Museums - Xalqaro muzeylar kengashi)ning XI konferentsiyasida qaror qilingan edi.

Bayramning maqsadi zamonaviy muzeylarning salohiyati va tarixiy-madaniy merosini koʼrsatish, keng auditoriya oʼrtasida ilmiy-maʼrifiy va taʼlim ishlarini olib borishdan iborat. Аnʼanaga koʼra, bayramga yangi koʼrgazmalar, maʼlum mavzuga bagʼishlangan festivallar, «muzeyda tun» dasturi, maʼruzalar, teatr tomoshalari, bepul ekskursiyalar, ilmiy oʼqishlar oʼtkaziladi.

1992 yildan eʼtiboran Xalqaro muzeylar kuni bayrami maʼlum bir mavzuga bagʼishlab nishonlanadi.

Аjoyib anʼanalardan yana biri, 18 mayga yaqin dam olish kunlari, shanbadan yakshanbaga oʼtar kechasi boʼlib oʼtadigan «muzeyda tun» dasturining oʼtkazilishidir. Ushbu tadbir birinchi marta 1997 yilda Germaniyada tashkil etilgan va hozirgacha har yili oʼtkazib kelinadi.

Bugun Oʼzbekistondagi aksariyat muzeylarda madaniy tadbirlar, jumladan “Ochiq eshiklar kuni” boʼlib oʼtadi, buning natijasida tashrif hamma uchun bepul boʼladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech