09:54 (10.02.2023)

2079

50 nomdagi farmatsevtika mahsulotlariga sertifikat berish rad etildi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organiga boʼlgan murojaatlar asosida, joriy yilning yanvar oyi davomida yurtimizga import qilingan va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari oʼrnatilgan tartibda sertfikatlashtirish uchun tekshiruvdan oʼtkazildi.

✅ Ekspertiza natijasiga koʼra, Germaniya, Hindiston, Vengriya, Gretsiya, Italiya, Janubiy Koreya, Xitoy hamda Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan 50 nomdagi 813815 oʼram, umumiy qiymati 27 mlrd soʼmdan ortiq farmatsevtika mahsulotlari sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlanib qoʼllash uchun yaroqsiz deb topildi va sertifikatlashtirilishi rad etildi.

Taʼkidlash joiz, Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning sertifikatlash jarayonlari qatʼiy nazoratga olingan boʼlib, har bir seriya alohida laborator tekshiruvlardan oʼtkazilib, sifatsizligi aniqlangan farmatsevtika mahsulotlarining erkin muomalaga chiqarilishini oldi olinmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech