11:04 (09.12.2022)

2352

9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Koʼp bora taʼkidlanganidek, korrupsiya – bu davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga boʼlgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyat hisoblanadi.

Shu sababli ham mamlakatimizda ushbu jinoyatning kelib chiqish xavfini oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Mazkur yoʼnalishda “Dori-Darmon” АK tomonidan tizimga aloqador sohalarda Oʼzbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish va targʼibot tadbirlari oʼtkazilmoqda.

“Аndijon Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyatida 9 dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

Unda tashkilot rahbarlari, dorixona mudirlari masʼul xodimlar ishtirok etishdi.

Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida ichki normativ hujjatlar, xususan, manfaaatlar toʼqnashuvini oldini olish borasida, kontragentlarni tekshirish va odob ahloq qoidalari hamda boshqa ichki hujjatlar ishlab chiqilgan.

Tadbirda yurtimizda va “Dori-Darmon” АKda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amaliyotga tatbiq etilgan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, korruptsiyani oldini olish, unga chek qoʼyishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar xususida soʼz yuritildi.

Maʼlumot uchun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanmoqda. Ushbu kunda BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasini tan olgan aʼzo davlatlarda turli tadbirlar va aktsiyalar uyushtiriladi, plakat va tarqatma materiallar chop etiladi, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida korruptsiyaga qarshi kurashish masalasidagi axborotlar faollashadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech