News

not found

Fitoterapiya qaysi kasalliklarda samarali taʼsir qiladi?

Shifobaxsh oʼsimliklar qadimdan tibbiy muolajalarning asosiy quroli boʼlib kelgan. Zamonaviy tibbiyotda ham dori preparatlarining 45 foizi oʼsimliklardan ajratib olinadi. Fitoterapiyada har bir oʼsimlik oʼziga xos tarzda ogʼriqni qoldiruvchi, tetiklashtiruvchi, tinchlantiruvchi, yurak faoliyatini yaxshilovchi, gipotenziya va gipertenziya, yalligʼlanishga qarshi, balgʼam koʼchiruvchi va terlatuvchi kabi qator taʼsirlarga ega. Аyniqsa, oshqozon-ichak faoliyatida ishtaha ochish, ovqat hazm qilish va ich surishda samarali qoʼllanib kelinmoqda. Bundan tashqari, qon ketishini va ivishini kamaytiruvchi, bakteriyalarni oʼldiruvchi fitoterapiya mahsulotlari ham keng foydalaniladi. Bugungi kunda fitoteratsiyaning shifobaxsh xuusiyatlari qator kasalliklarni davolashda qoʼl kelmoqda: gastrit; oshqozon va oʼn ikki barmoqli ichak yarasi; xoletsistit; kolit va enterokolit; pielonefrit; neyrotsirkulyar distoniya; nevroz va asteniya shular jumlasidandir. Shifobaxsh oʼsimliklar natijasida moddalar almashinuvi va qon tarkibidagi xolesterin miqdorini meʼyorlashtiradi. Oʼz navbatida, arterial qon bosimi bir meʼyorda boʼlishi, yurakda va bosh miyada qon aylanishi yaxshilanishi, asablarni boʼshashtirib uyqusizlikni bartaraf etish ham fitoterapiyaning ijobiy samaralaridandir. Isteʼmol qilinadigan koʼkatlar va ziravorlar organizmga qoʼshimcha quvvat beradi. Аgar fitoterapiya oʼz oʼrnida qoʼllanilsa, qoʼshimcha muolaja sifatida rivojlanish xavfi boʼlgan kasalliklarni boshlanmasdan bartaraf etish mumkin. Guli Shayxova, Sogʼliqni saqlash vazirligi bosh nutritsiologi

  • 20 June, 09:00
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech