12:30 (19.06.2023)

2486

Sogʼliqni saqlash organlari tomonidan davlat xizmatlari koʼrsatishda kamchiliklar aniqlandi

Аdliya vazirligi tomonidan joriy yilning may oyida Sogʼliqni saqlash vazirligi va uning tarkibiy tuzilmalari tomonidan davlat xizmatlari koʼrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilish holati oʼrganildi.

Oʼrganish natijalariga koʼra sogʼliqni saqlash organlari tomonidan 5 700 dan ortiq holatda (3000 dan ortiq holatda arizalar belgilangan muddatda koʼrib chiqilmagan, 2000 dan ortiq holatda davlat xizmatini koʼrsatish taribiga rioya etilmagan, 90 dan ortiq holatda fuqarolardan ortiqcha hujjat olingan) davlat xizmatlari koʼrsatishda qonunchilik hujjatlariga rioya etilmaslik holatlari aniqlangan.

Natijada sogʼliqni saqlash organlarining 250 dan ortiq xodimga nisbatan davlat xizmatlari koʼrsatish sohasida qonunchlik hujjatlarini buzganliklari uchun maʼmuriy jazo choralari qoʼllanildi, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʼl qoʼymaslik yuzasidan 300 dan ortiq taqdimnomalar kiritilib, 50 dan ortiq xodimlar intizomiy javobgarlikka tortildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech