12:19 (15.06.2023)

2540

«Neyromidin 20 mg tabletki №50 tabletok» dori vositasi qalbakilashtirilganligi aniqlandi

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligiga «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» tomonida oʼtkazilgan ekspertiza natijalariga koʼra, Toshkent shahridagi ayrim dorixonalardan xarid qilingan «Neyromidin 20 mg tabletki №50 tabletok» (seriya 40220, yaroqlilik muddati 02.2025, АO «Olaynfarm») qalbakilashtirilgan dori vositasi ekanligi aniqlandi.

Ushbu dori vositasini muomalasiga chek qoʼyish maqsadida, muvofiqlik sertifikatiga ega boʼlmagan, davlat roʼyxatidan oʼtmagan, qalbakilashtirilgan dori vositasi zudlik bilan muomaladan chiqarilishi hamda dori vositalarining inson sogʼligʼiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yoʼq qilish tartibi toʼgʼrisidagi nizomda belgilangan tartibda yoʼq qilinish boʼyicha tegishli koʼrsatma berildi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Аmaldagi qonunchilikka koʼra, ushbu huquqbuzarliklar maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar bilan bir qatorda litsenziya talab va shartlarining qoʼpol buzilish holati deb baholanib, litsenziyani bekor qilinishiga asos boʼla oladi. Sizlarni ushbu huquqbuzarlik holatiga yoʼl qoʼymaslik va uni bartaraf etish choralarini koʼrishingizni soʼraymiz.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech