09:07 (13.04.2023)
2425
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.B. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʼzlab, 90 dona “Human Albumin Solution” nomli dori vositasini fuqaro B.B.ga 59,4 mln soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, uning “Lacetti” rusumli avtomobili yuk xonasidan jami 93,3 mln soʼmlik 7 turdagi 185 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Sergeli tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro А.I. fuqaro Sh.R.ga 308 dona “Regapen” va 11 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 800 АQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) va 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.