15:30 (18.04.2023)
2260
“Toshkent” Respublika fond birjasi sayti eng yuqori reytingga ega emitentlar roʻyxatini tuzdi.
Reytingda quyidagi mezonlarga muvofiq ballar berilgan:
- Kuzatuv kengashida mustaqil aʼzolar mavjudligi
- Aksiyadorlar soni
- Har choraklik hisobotni oʻz vaqtida oshkor qilish
- Aksiyalar savdosi uchun
- Free-float (erkin muomaladagi aksiyalar)
- Veb-sayt mavjudligi
100 balldan 95 ball toʻplagan “Dori-darmon” kompaniyasi “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Ipak yoʻli” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankidan soʻng 3-oʻrinni egalladi.
Reyting 107 ta emitent oʻrtasida tuzilgan.