14:19 (13.10.2022)

1930

“Dori-Darmon – korruptsiyadan xoli tizim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

“Surxon Dori-Darmon” MChJda dorixonalar vakillari, ulgurji tashkilotlar xodimlari ishtirokida ayni shu mavzuda profilaktik davra suhbati tashkil etildi. 

Taʼkidlash joizki, korruptsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida, inson huquq va erkinliklarining poymol boʼlishiga olib keladi. 

Davra suhbatida soʼzga chiqqanlar korruptsiya orqali topilgan daromadda baraka boʼlmasligi, korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korruptsiya va unga imkon berayotgan omillarni vaqtida aniqlash hamda tezda chek qoʼyish dolzarb vazifa ekanligini, korruptsiyaga qarshi kurashishda, eng avvalo, har bir xodimda halollik immunitetini oshirish, davlatimiz rahbariyati tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga xodimlar oʼzining Vatanga sadoqati, halol va pok mehnati bilan javob qaytarishi lozimligini taʼkidladi. 

“Surxon Dori-Darmon” MChJ tizimida xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarning ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga, yaratilayotgan sharoitlarga shukronalik keltirmay, ayrim nopok xodimlar tomonidan taʼmagirlik, mansab vakolati doirasidan chetga chiqish kabi salbiy holatlarga yoʼl qoʼyilayotganligi achinarli. Bu esa tizimning obroʼsiga jiddiy putur yetkazishi, ushbu holatlarning oldini olishda barcha xodimlar birdek masʼul ekanligi aytib oʼtildi. Tizim dorixonalaridagi ayrim nopok xodimlar tomonidan yoʼl qoʼyilgan kamomad natijasida yetkazilgan zararlar aniqlanib, ular oʼrnatilgan tartibda undirib kelinayotganligi, bu kabi holatlar uchun jinoiy javobgarlik muqarrar ekanligi misollar orqali tushuntirildi. 

Shu oʼrinda eslatib oʼtamiz, agar kompaniya tizimida qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz, “Dori-Darmon” АKning 78-120-16-67 raqamli ishonch telefoniga qoʼngʼiroq qilishingiz yoki telegram messenjeridagi aloqa kanali @Doridarmon_aloqabot orqali murojaat etishingiz mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech