09:09 (18.07.2023)

2214

Halok boʼlgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila aʼzolariga qanday tibbiy yordam koʼrsatiladi

Masʼul vazirlik va idoralar halok boʼlgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila aʼzolari uchun ularning murojaatlariga asosan quyidagilarni taʼminlashi lozim:

• Oʼzbekistondagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sogʼlomlashtirish oromgohlarida yiliga bir marta bepul sogʼlomlashtirish;

• shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarini (yiliga bir marta), tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalarini olib berish hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplash;

• ogʼir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi boʼlganlarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, yiliga bir marta dori vositalarining 50 foizigacha boʼlgan summasini kompensatsiya qilish.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech