16:30 (06.04.2023)
2475
Hindistonning Global Pharma Healthcare kompaniyasi Pseudomonas aeruginosa (koʼk yiringli tayoqcha) bilan ifloslangan koʼz tomchilarini yetkazib berishda ayblanganidan soʼng oʼzining oftalьmik mahsulotlarini sinovdan oʼtkazdi. Mahalliy NDTV telekanali Hindiston Sogʼliqni saqlash vazirligidagi anonim manbaga tayanib xabar berishicha, namunalarda hech qanday qoidabuzarlik aniqlanmagan.
Biroq FDA kompaniya ishlab chiqarishda steril sharoitlarni taʼminlamaganligini taʼkidlamoqda. Boshqaruv inspektorlari Global Pharma Healthcare zavodiga tashrif buyurishdi va kamida 11 ta qoidabuzarliklarni aniqladilar. Ular “filtrlar va idish qopqoqlari bilan bogʼliq muammolardan tortib, chala qoqilgan mixlar va quyish xonasidagi yorilib ketgan germetiklargacha”, deb yozadi Fierce Pharma.
Аvvalroq АQSh ommaviy axborot vositalari Global Pharma Healthcare kompaniyasining koʼz tomchilaridan foydalangandan soʼng uch kishining oʼlimi va yana 12 kishining koʼrligi oʼrtasidagi bogʼliqlik haqida xabar bergan edi. Sogʼliq va hayot uchun xavfli mahsulotlar yetkazib berish haqidagi daʼvolar munosabati bilan kompaniya ixtiyoriy ravishda mahsulotni javonlardan qaytarib oldi.
14 mart holatiga koʼra, mamlakatning 16 shtatida 68 kishida infektsiya aniqlangan. Global Pharma Healthcare mahsulotlaridan tashqari yana bir qancha farmatsevtika kompaniyalarining koʼz tomchilari Qoʼshma Shtatlarda muomaladan olib tashlandi.