10:19 (18.01.2023)

1547

Indoneziyada 200 ga yaqin bola sirop isteʼmol qilishi ortidan vafot etdi

Indoneziyada 2022 yildan beri 200 ga yaqin bola sirop isteʼmol qilishi ortidan yuzaga kelgan oʼtkir buyrak shikastlanishi tufayli vafot etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Rasmiylar oʼlimga paratsetamol asosidagi sirop tarkibida aniqlangan ikki xavfli tarkibiy qism: etilen glikol va dietilen glikol sabab boʼlganini maʼlum qildi.

Indoneziyada bolalarning preparat qabul qilishi ortidan oʼlgani sababli yigirma beshta oila hozirda sogʼliqni saqlash va moliya vazirliklari, mamlakatning dori vositalarini tartibga soluvchi organi va kamida sakkizta farmatsevtika kompaniyasini sudga bergan. Bu oilalardan biri suddan 3,4 milliard rupiya (224 570 dollar) miqdorida tovon puli talab qilmoqda.

Jakartadagi sudda qatnashayotgan 36 yoshli Solihaning aytishicha, uning 3 yoshli qiziga siropni isteʼmol qilganidan keyin oʼtkir buyrak shikastlanishi tashxisi qoʼyilgan va bir necha kundan keyin vafot etgan. Аyol hukumatning javobgarlikka tortilishini istashini bildirgan.

«Аgar qizim dorini isteʼmol qilmaganida, balki yonimda boʼlarmidi. Umid qilamanki, preparat uchun javobgar boʼlgan barcha masʼullar siropdan vafot etgan va hali ham kasal boʼlgan bolalar uchun javobgardir», — deydi u.

Moliya vazirligi va daʼvo arizasida koʼrsatilgan beshta farmatsevtika kompaniyasi vakillari holat yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan. Reuters nashri yana uchta kompaniya bilan bogʼlana olmagan.

Indoneziya hukumati bir qator yoʼtal siroplari isteʼmolini taqiqlab qoʼygan va xavfli tarkibiy qismlar borligi aytilgan bir qancha farmatsevtika kompaniyalariga qarshi sudga daʼvo arizasi bergan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech