15:55 (29.05.2023)

4324

Қиздирувчи малҳамларни қачон қўллаш мумкин эмас?

Qizdiruvchi malhamlar surunkali mushak ogʻrigʻi va  boʻgʻin kasalliklarini kompleks davolashda qoʻllaniladi. Shuningdek, boʻgʻimlarning yalligʻlanishi, artroz, osteoxondroz, radikulit, umurtqa disk churrasi va boshqa kasalliklarda, koʻkarishlar, pay uzilishi, oyoq qayrilib ketgan vaqtda  buyuriladi.

 

Sportchilar mushaklarni qizdirish uchun ishlatishadi - bu choʻzilish va jarohatlarning profilaktikasi uchun yaxshi. Va mashgʻulotdan soʻng, bunday malham mushaklarning kuchlanishini bartaraf etishga yordam beradi. Baʼzi qizdiruvchi malhamlar terapevtik massaj uchun ishlatiladi.

 

Qizdiruvchi malhamlarni qachon ishlatmaslik kerak?

 

Qizdiruvchi malhamlar qon tomirlarini kengaytiradi va mikrotsirkulyatsiyani oshiradi. Shuning uchun bunday mazlarni shikastlanishdan, shish va gematoma paydo boʻlgandan keyin darhol qoʻllash mumkin emas - ular malhamni qoʻllashdan koʻpayishi mumkin, yumshoq toʻqimalarning tiklash jarayonlarini esa sekinlashtiradi.

 

Qizdiruvchi malhamlardan taʼsirchan teri egalari foydalanishi mumkin emas, shuningdek  yaralar va boshqa teri kasalliklari, allergik reaksiyalar mavjud boʻlganda qoʻllash tavsiya etilmaydi.

 

Qoʻllashdan oldin terining kichik joyiga mazni surtib, reaksiya berish-bermasligini kuzatish tavsiya etiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech