16:19 (13.04.2023)
2341
GxP dori vositalari sifatini nazorat qilish tizimi – bu dori mahsulotlarining farmatsevtik ishlab chiqishdan isteʼmolchigacha boʼlgan dori vositalari “hayotiy sikli”ning barcha bosqichlarini qamrab oladigan butun jahonda tan olingan model.
Farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʼullanuvchi mahalliy korxonalar GDP - Zarur distribyutorlik amaliyoti talablariga javob berishi lozim.
“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va tizimdagi “Fargʼona Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyati 2022 yil iyulь oyida birinchilardan boʼlib GDP sertifikatini olgan edi.
Kuni kecha "Toshkent viloyat Dori-Darmon" hamda "Samarqand Dori-Darmon" aktsiyadorlik jamiyatlari ham GDP sertifikatini qoʼlga kiritdi.
Bu sertifikat kompaniya va jamiyatlarning distribьyutorlikning barcha bosqichlarida -dori vositalarini sifatli olib kelish, saqlash, yetkazib berishdagi faoliyati ishonchli, samarali ekanligini kafolatlaydi, shuningdek, davlat xarid tanlovlarida ishtirok etish imkonini beradi.