08:42 (23.05.2023)

2114

Terini quyosh nurlaridan saqlash qoidalari

Har yili dunyo boʼylab 320 000 ga yaqin odam melanoma — teri oʼsmalarining kam uchraydigan, ammo eng agressiv turi bilan kasallanadi. Teri saratonining boshqa turlari kabi uning rivojlanishi uchun asosiy xavf omili ultrabinafsha quyosh nurlari hisoblanadi.

Teri fototipi nima va buni bilish nima uchun kerak?

1975 yilda amerikalik dermatolog Tomas Fitspatrik terining ultrabinafsha nurlariga taʼsirchanligini koʼrsatuvchi teri fototipi shkalasini ishlab chiqdi.

Аniq fototipingizni bilish uchun quyidagi shkaladan foydalanib teringiz rangini solishtiring.

Fototipning soni qanchalik baland boʼlsa, odam tezroq qorayadi va quyoshdan kuyish ehtimoli shunchalik kam boʼladi.

Fototipingizni bilib, siz nafaqat kuyish ehtimolini baholashingiz, balki toʼgʼri quyosh kremini tanlashingiz mumkin.

Qaysi quyosh kremini tanlash kerak?

Quyoshdan himoya qiluvchi kremni tanlashda siz SPF — Quyoshdan himoya qiluvchi omilga eʼtibor berishingiz kerak. SPF raqami himoyalanmagan teriga nisbatan himoyalangan terining qanchalik sekin taʼsir koʼrsatadi.

Misol uchun, SPF 30 dan foydalangan terini quyoshda kuyishi uchun krem bilan himoyalanmagan teriga qaraganda 30 baravar koʼproq vaqt talab etadi. Biroq, bu raqam qancha yuqori boʼlsa, kremning himoyasi shunchalik uzoq davom etadi, deb oʼylamang.

Barcha kremlarning taʼsiri 2 soat davom etadi va SPF raqami bu himoya darajasi qancha yuqoriligini koʼrsatib turadi.

Bundan tashqari, terining fototipiga eʼtibor qaratishingiz kerak. Teri 4-6 fototiplarga SPF darajasi 30 va undan yuqori boʼlishi kerak. 1-3 fototiplar uchun SPF 50+ talab qilinadi.

Kremdagi SPF turiga eʼtibor bering

SPFning ikki turi mavjud: fizik va kimyoviy.

Fizik SPF (titan dioksidi) oyna kabi ishlaydi, yaʼni nurlarni aks ettiradi. Terida aniq koʼrinadi, bu qaerda va qancha krem qoʼllanilishini nazorat qilish imkonini beradi. Аmmo, afsuski, fizik SPF kimyoviydan farqli oʼlaroq, UVA nurlaridan himoya qilmaydi.

Kimyoviy SPF ham UVB, ham UVA nurlaridan himoya qiladi. U ultrabinafsha nurlarini yutadi, lekin terida juda tez parchalanadi.

Shuning uchun, himoya qilishning ikkala usuli — ham fizik, ham kimyoviy quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalanish kerak.

SPF kremni qancha vaqtda yangilab turish kerak?

Quyoshdan himoya qiluvchi kremni koʼchaga chiqishdan 15-20 daqiqa oldin, keyin esa har 2 soatda yangilab turish kerak. Quyoshdan himoyalovchi vositalar suvda yuvilib ketadi, shuning uchun choʼmilgandan soʼng ham uni qaytadan surtish lozim.

Quyoshda qancha vaqt oʼtkazish teri uchun xavfsiz?

Bu vaqt individualdir, lekin soat 10:00 dan 16:00 gacha quyosh nuri ostida qolmagan maʼqul.

Qanday kiyim quyosh nurlaridan himoya qiladimi?

Har qanday kiyim sizni quyosh nurlaridan himoya qiladi. Аmmo uni tanlashda ham oʼziga hos qoidalar bor.
• Toʼq rangli yoki toʼyingan ranglardan foydalaning, chunki ular quyosh nurlarini koʼproq oʼzlashtiradi va ularning teriga kirib ketishiga yoʼl qoʼymaydi.
• Zich toʼqilgan mato UV nurlaridan yaxshiroq himoya qiladi. Mato orqali yorugʼlikka qarab, himoya darajasini aniqlashingiz mumkin: agar mato yorugʼlikni oʼtkazsa, u ulьtrabinafsha nurlarni ham oʼtkazadi.
• Oqartirilmagan paxta matosidan tikilgan kiyim ultrabinafsha nurlarini yaxshi singdiradi, poliester yoki atlas esa uni yaxshi aks ettiradi. Yuqori texnologiyali mato quyoshdan ham yaxshi himoya qiladi, chunki uning tarkibida ulьtrabinafsha nurlarni oʼziga singdiruvchi moddalar mavjud.
• Tor boʼlgan kiyim harakatlanayotganda choʼzilib ketishi mumkin, bu esa UV nurlarining koʼproq oʼtishiga imkon beradi.
• Shubhasiz, teri kiyim bilan qanchalik koʼp yopilgan boʼlsa, quyosh nurlaridan shunchalik yaxshi himoyalangan boʼlasiz.
• Shuni ham unutmaslik kerakki, mato hoʼl boʼlganda oʼzining himoya xususiyatlarini kamaytirishi mumkin.

Quyosh faqat issiq kunlarda xavflimi?

Аlbatta, quyoshning maksimal faolligi yozda sodir boʼladi, lekin UVB nurlari butun yil davomida teriga zarar yetkazishi mumkin, ayniqsa balandliklarda (togʼlarda).
UVA nurlari odatda bulutlar mavjudligidan qatʼiy nazar, yil davomida bizga doimo taʼsir qiladi. Shuning uchun, quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan yil davomida foydalaning.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech