13:27 (20.04.2023)

2006

Kollagenni toʼgʼri qabul qilish qoidalari

Kollagen — bu erkaklar va ayollar tanasi uchun juda muhim boʼlgan protein. Soch, teri, tirnoqlarning sogʼligʼiga foydali taʼsir koʼrsatadi, qarish jarayonini sekinlashtiradi va bu mikroelement boʼgʼinlar faoliyatiga ham ijobiy taʼsir koʼrsatadi.

Kollagenni kunning qaysi vaqtida qabul qilish kerak?

—Ushbu qoʼshimchani qachon va kunning qaysi vaqtida, shuningdek, toʼq yoki och qoringa qabul qilishning ahamiyati yoʼq. Proteinlarning eng koʼp parchalanishi ingichka ichakda sodir boʼladi.

Kollagen dozasini qanday tanlash mumkin?

— Hozirda kuniga qancha kollagen qabul qilish kerakligi haqida rasmiy tavsiyalar mavjud emas. Doza qoʼshimchaning shakliga va uni qabul qilish maqsadiga bogʼliq. 2,5-15 g kollagenning kunlik dozasi xavfsiz va samarali hisoblanadi.

Kollagen qanday qilib yaxshiroq soʼriladi?

—Gidrolizlangan kollagen kukuni suv bilan suyultirilgandan keyin qabul qilinadi. Ushbu shakldagi oqsil yaxshiroq soʼriladi: uning oshqozon-ichak traktida soʼrilishi taxminan 30 daqiqadan soʼng boshlanadi.

Kollagenni vitaminlar bilan aralashtirish mumkinmi?

— Kollagenni koʼpgina vitaminlar va qoʼshimchalar bilan qabul qilish xavfsizdir. Kollagenning boshqa vitaminlar bilan salbiy oʼzaro taʼsiri haqida hech qanday dalil yoʼq.

Kollagenning eng yaxshi shakli qaysi?

- Kukun — eng yaxshi yoʼl kollagen peptidlaridan foydalanish, chunki uning tarkibida yuqori dozadagi ingredientlar boʼlishi mumkin va ularni deyarli har qanday retseptga qoʼshish oson.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech